Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Qozoğiston fuqarolarning özaro safarlarini yengillaştiriş, jumladan, davlat çegarasini ID-kartalar orqali kesib ötiş imkoniyatini, şuningdek, QazETA elektron tizimi orqali mamlakatga kiriş şartlarini muhokama qildi.
Muzokaralar 11 noyabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev va Qozoğiston elçisi Yerali Töğjanov örtasida bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Tomonlar Özbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, özaro safarlarni yengillaştiriş hamda davlat çegaralarini kesib ötişdagi tösiqlarni bartaraf etiş masalalarini körib çiqdi.
Qozoğiston joriy etayotgan QazETA elektron kiriş ruxsatnomasi tizimi doirasida Özbekiston fuqarolariga muayyan imtiyozlar beriş imkoniyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, uçraşuv iştirokçilari Özbekiston fuqarolarini Qozoğistonda taşkiliy tartibda işga joylaştiriş, uşbu sohadagi şartnomaviy-huquqiy bazani takomillaştiriş hamda har ikki mamlakat fuqarolarining qöşni davlat hududida bölişi uçun qulay şaroitlar yaratiş masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar muloqotni davom ettiriş va körib çiqilgan yönalişlar böyiça amaliy hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.