Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özbekneftgaz” neft-gaz sohasida geologik qidiruv işlari va raqamlaştiriş masalalari böyiça Britaniyaning BP kompaniyasi delegatsiyasi bilan texnik seminar va işçi uçraşuvlar ötkazmoqda. Bu haqda “Özbekneftgaz” axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirlar Toşkent şahrida bölib ötmoqda. Ular uglevodorod konlarini özlaştiriş samaradorligini oşiriş, geologik qidiruv işlarini takomillaştiriş hamda işlab çiqariş jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalalariga bağişlangan.
BP delegatsiyasiga kompaniyaning Kaspiy mintaqasi, Markaziy Osiyo va Turkiyada neft konlarini özlaştiriş böyiça vitse-prezidenti Abeker Tautiyev boşçilik qilmoqda.
Seminar 17 noyabrdan 20 noyabrga qadar davom etadi. Britaniya kompaniyasi mutaxassislari geologik qidiruv işlarini taşkil etiş va uglevodorod resurslarini baholaş böyiça xalqaro tajribani taqdim etmoqda.
Uzoq vaqt davomida foydalanilayotgan konlarni boşqariş va qazib oliş samaradorligini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Şuningdek, iştirokçilar raqamli yeçimlar, sun’iy intellekt va işlab çiqariş jarayonlarini avtomatlaştiriş imkoniyatlarini körib çiqmoqda. BP vakillari “Özbekneftgaz” mutaxassislarini uşbu texnologiyalarni amaliyotda qöllaş tajribasi bilan taniştirmoqda.
Uçraşuvlardan maqsad nafaqat xorijiy işlanmalarni örganiş, balki ularni Özbekiston neft-gaz sanoatining şaroitlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda qöllaş imkoniyatlarini baholaşdan ham iborat. Seminar doirasida mutaxassislar örtasida amaliy tajriba almaşiş taşkil etilgan.
Taşrifning keyingi bosqiçida BP delegatsiyasi Özbekistonning geologik va geofizik salohiyati, uglevodorod zaxiralari mavjud bölişi istiqbolli bloklar hamda geologik qidiruv loyihalari bilan tanişadi.
Sohaga ixtisoslaşgan taşkilotlar vakillari bilan uçraşuvlarda geologik xatarlarni baholaş, qidiruv işlarida zamonaviy texnologiyalarni qöllaş va hamkorlikning ehtimoliy yönalişlarini muhokama qiliş rejalaştirilgan.
Taşrifning yakuniy bosqiçida tomonlar taqdimotlar va texnik taşriflar natijalarini sarhisob qiladi. Şuningdek, BP tajribasini geologik qidiruv işlari, konlarni boşqariş va işlab çiqarişni raqamlaştirişda qöllaş istiqbollarini baholaydi.
Bundan taşqari, kun tartibidan kelgusidagi hamkorlikning ehtimoliy yönalişlari, pilot loyihalarni amalga oşiriş, texnik ma’lumotlar almaşiş tartibi va keyingi amaliy qadamlarni belgilaş masalalari ham örin olgan.