7
Iqtisod

Özbekiston va Eron transport taşuvlari böyiça işçi guruh tuzadi

Özbekiston va Eron transport taşuvlari böyiça işçi guruh tuzadi
Özbekiston va Eron transport taşuvlari böyiça işçi guruh tuzadi / Foto: Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Eron xalqaro taşuvlardagi tösiqlarni bartaraf etiş hamda transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida qöşma işçi guruh tuzişga kelişib oldi. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi xabar berdi.

Kelişuv Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning Eron yöllar va şaharsozlik vaziri Farzona Sodiq boşçiligidagi delegatsiya bilan muzokaralari davomida erişildi.

Tomonlar xalqaro yuk taşiş hajmini oşiriş, transport xarajatlari va amaldagi yiğimlarni qisqartiriş, şuningdek, yuklarni yetkazib beriş tartib-taomillarini soddalaştiriş masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralarda avtomobil va temir yöl transporti, aviatsiya sohalaridagi hamkorlik istiqbollari hamda yangi transport yölaklarini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, Eron dengiz portlari imkoniyatlaridan yana-da samarali foydalaniş masalasi ham muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar xalqaro taşuvlar jarayonida mavjud muammolarni bartaraf etiş va transport kompaniyalari uçun qulay şaroitlar yaratiş ustida işlaşga kelişib oldi. Şuningdek, özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaşdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.

Erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş uçun ikki mamlakat transport vazirlari örinbosarlari rahbarligida qöşma işçi guruh taşkil etiladi.

Işçi guruh xalqaro yuk taşiş bilan boğliq masalalarni tezkor hal etiş, mavjud tösiqlarni bartaraf qiliş va kelişilgan taşabbuslarni amalga oşiriş böyiça amaliy çora-tadbirlarni muvofiqlaştiriş bilan şuğullanadi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.