Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Tojikiston çegara idoralari har ikki davlatning umumiy davlat çegarasi xavfsizligini ta’minlaş masalalarini Harbiy kengaşning oltinçi yiğilişida muhokama qildi. Uçraşuv 2026 yil 14 noyabr kuni Termiz şahrida bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari matbuot xizmati xabar berdi.
Yiğilişda Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari hamda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Çegara qöşinlari vakillari iştirok etdi.
Tomonlar çegara xavfsizligiga doir zamonaviy çaqiriq va tahdidlarni körib çiqdi. Şuningdek, ikki mamlakat çegara idoralari va vakillik apparatlari örtasidagi barqaror hamkorlikni saqlab qoliş zarurligini ta’kidladi.
Iştirokçilar Özbekiston–Tojikiston davlat çegarasidagi rejimni ta’minlaş uçun kuç va vositalardan birgalikda foydalaniş masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Bundan taşqari, çegarani qöriqlaş bölinmalari va zaxira kuçlarini tayyorlaş borasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari ham muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar Özbekiston va Tojikiston davlat rahbarlarining umumiy çegarada tinçlik va osoyiştalikni saqlaşga qaratilgan siyosatini qöllab-quvvatlaşlarini tasdiqladi.
Şuningdek, yuzaga keladigan masalalarni yaxşi qöşniçilik, döstlik, işonç va konstruktiv hamkorlik tamoyillari asosida hal etiş niyatini bildirdi.