Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — BMB HOLDING kompaniyasi Jizzax viloyatining Baxmal tumanida za’faronni çuqur qayta işlaşni rivojlantirmoqda. Hosilni yiğib oliş mavsumida iş jarayonlariga har kuni 700 nafardan ortiq mahalliy aholi jalb etilmoqda.
Korxonaning doimiy xodimlaridan taşqari, za’faron terimida tuman aholisi ham iştirok etmoqda. Kompaniya ma’lum qilişiça, ular uçun zarur mehnat şaroitlari yaratilgan.
Işlab çiqariş jarayoni za’faron yetiştiriş, hosilni yiğib oliş, qayta işlaş va tayyor mahsulot işlab çiqariş bosqiçlarini qamrab oladi. Hududda joylaşgan korxonada xomaşyoni quritiş va qadoqlaş işlari yölga qöyilgan.
Mahsulot sifatini nazorat qilişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tayyor mahsulot belgilangan talablarga muvofiq maxsus laboratoriya tekşiruvlaridan ötkaziladi.
Şu bilan birga, kompaniya ilmiy tadqiqotlar va tajriba-sinov işlarini ham olib bormoqda. Mutaxassislar yakuniy mahsulot sifati va qiymatini oşirişga qaratilgan za’faronni quritiş usullarini örganmoqda.
Ösimlikning barça qismlaridan yana-da töliq foydalaniş ham alohida yönalişlardan biri hisoblanadi. BMB HOLDING çiqindisiz texnologiyalarni joriy etiş va qöşilgan qiymat zanjirini kengaytirişga intilmoqda.
Xususan, kompaniya za’faron gulbarglaridan efir moyi va gidrolat olişni yölga qöymoqda. Korxona baholaşiça, uşbu mahsulotlar kimyo sanoatida qöllanilişi mumkin.
Mazkur taşabbus za’farondan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va mahalliy xomaşyoni qayta işlaşning iqtisodiy samaradorligini oşirişga qaratilgan.
Baxmal tumanidagi loyiha qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, ularni sanoat usulida qayta işlaş va yangi mahsulotlar işlab çiqariş jarayonlarini birlaştiradi. Bunda kompaniya xomaşyodan yana-da töliq foydalaniş orqali qöşimça qiymat yaratişga urğu bermoqda.