Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — «Özbekiston temir yöllari» AJ Xitoyning H3C kompaniyasi bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va temir yöl transportida raqamli texnologiyalarni joriy etiş masalalarini muhokama qildi.
Işçi uçraşuv kompaniya vitse-prezidenti Li An iştirokida bölib ötdi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» AJ xabar berdi.
Muzokaralarda, şuningdek, «Özbekiston temir yöllari» AJ va “Temiryölinfratuzilma” AJning mas’ul xodimlari iştirok etdi.
Tomonlar temir yöl tizimining telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, amaldagi aloqa tarmoqlarini rivojlantiriş va ma’lumotlar uzatiş tizimlarini takomillaştiriş masalalarini körib çiqdi.
Temir yöl transportida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etiş, kommunikatsiya tizimlarining işonçliligi va uzluksiz işlaşini oşirişga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv iştirokçilari tarmoqlarning ma’lumot uzatiş imkoniyatlarini kengaytiriş, axborot xavfsizligini mustahkamlaş hamda H3C texnologik yeçimlarini qöllaş imkoniyatlarini ham muhokama qildi.
Muzokaralar yakunlari böyiça tomonlar uşbu yönalişlarda hamkorlikni yana-da rivojlantiriş va istiqbolli loyihalarni birgalikda örganiş muhimligini ta’kidladi.