Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Qayta tiklanuvçi energiya manbalari va kiçik quvvatli quyoş panellari 2026 yil 12 noyabr kuni Özbekistonga 15,76 mln kub metr tabiiy gazni tejaş imkonini berdi. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.
Bir sutka davomida mamlakatda 266,1 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Uşbu hajmning 59,1 mln kVt·soati yoki 22,2 foizi quyoş, şamol va gidroelektr stansiyalari, şuningdek, kiçik quvvatli quyoş panellari hissasiga töğri keldi.
Mazkur manbalardan elektr energiyasi işlab çiqarilişi atmosferaga 33,9 ming tonna zararli moddalar çiqarilişining ham oldini oldi.
Energetika vazirligida ta’kidlanişiça, quyoş va şamol elektr stansiyalarida elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi ob-havo şaroitiga boğliq. Quyoş faolligi yetarli bölmagan yoki şamol tezligi past bölgan ayrim kunlarda ularning elektr energiyasi işlab çiqariş körsatkiçlari kamayişi mumkin.
Şu bilan birga, bunday stansiyalarda işlab çiqarilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasi tabiiy gazni tejaş, atrof-muhitga ta’sirni kamaytiriş va energetika resurslaridan yana-da oqilona foydalanişga xizmat qiladi.
Elektr energetikasi tizimida qayta tiklanuvçi energiya manbalari uluşining oşişi mavjud yoqilğidan samaraliroq foydalaniş va mamlakat energetika xavfsizligini mustahkamlaşga ham hissa qöşadi.