7
Iqtisod

2027-yilgi Davlat budjeti ham ijtimoiy yönaltirilgan böladi

2027-yilgi Davlat budjeti ham ijtimoiy yönaltirilgan böladi
2027-yilgi Davlat budjeti ham ijtimoiy yönaltirilgan böladi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoev 2027-yil uçun Davlat budjetining maqsadli körsatkiçlari, asosiy makroiqtisodiy prognozlar hamda budjet-soliq siyosatining ustuvor yönalişlari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Qayd etilganidek, joriy yil yakunida mamlakatimiz iqtisodiyoti kamida 8 foizga ösişi, yalpi içki mahsulot hajmi 200 milliard dollardan, aholi jon boşiga töğri keladigan daromad esa 5,2 ming dollardan oşişi kutilmoqda.

Erişilgan natijalar iqtisodiyotni rivojlantirişning yangi bosqiçiga ötiş uçun mustahkam zamin yaratmoqda. Xususan, 2030-yilga borib yalpi içki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga, kelgusi ön yilda aholi jon boşiga daromadni 10 ming dollarga yetkaziş maqsad qilingan.

Konstitutsiyamizda Özbekistonning ijtimoiy davlat ekani mustahkamlab qöyilgan, inson, uning hayoti va qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida e’tirof etilgan. “Inson qadri uçun” degan ezgu tamoyil Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan barça islohotlarning boş mezoniga aylangan. Zero, iqtisodiy taraqqiyotning asl mazmun-mohiyati, eng avvalo, uning samarasi har bir inson, har bir oila hayotida sezilişi, xalqimiz farovonligi yuksalişi, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari kengayişi hamda munosib turmuş şaroitlari yaratilişida namoyon bölişi lozim

Davlat budjetining ijtimoiy yönaltirilganligi kelgusi yilda ham saqlab qolinişi aynan şu ustuvor maqsadlarga xizmat qiladi.

Jumladan, ta’lim va soğliqni saqlaş sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni moliyalaştiriş uçun jami 176 trillion sömga yaqin mablağ yönaltiriş rejalaştirilmoqda. Ta’limga 114,3 trillion söm (ötgan yildan 14 trillion söm köp), tibbiyotga 61,4 trillion söm (ötgan yildan 12 trillion söm köp) ajratilişi közda tutilgan.

Şuningdek, hududlar va mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş, inson kapitalini rivojlantiriş hamda ijtimoiy himoyani kuçaytiriş uçun 70 trillion söm ajratilişi belgilanmoqda.

Ijtimoiy majburiyatlarni barqaror moliyalaştiriş uçun iqtisodiyotning yillik ösiş sur’atlarini kamida 7 foiz darajasida ta’minlaş, mavjud zaxiralar va yangi texnologik omillarni işga soliş zarurligi ta’kidlandi.

Şu maqsadda kelgusi yildan iqtisodiy ösişning yangi modeliga ötiş, har bir tarmoqda yuqori qöşilgan qiymat yaratiş, mehnat unumdorligini oşiriş, eksport salohiyatini kengaytiriş va yuqori daromadli iş örinlarini köpaytiriş asosiy vazifalar etib belgilanmoqda.

Yiğilişda uzoq muddatli yuqori iqtisodiy ösişni ta’minlaşga qaratilgan yangi yondaşuvlar körib çiqildi. Xalqaro tajriba barqaror taraqqiyotning asosiy omillari eksportga yönaltirilgan raqobatbardoş işlab çiqariş, texnologiyalar transferi, investitsiyalar samaradorligi, makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy siyosatning özgaruvçan şaroitlarga moslaşuvçanligi ekanini körsatmoqda.

Şundan kelib çiqib, iqtisodiy ösişning yangi modeli asosini zamonaviy sanoat siyosati taşkil etişi belgilanmoqda. Uşbu siyosat yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlaşga ötiş, ilğor texnologiyalarni jalb qiliş, milliy korxonalarning xalqaro işlab çiqariş zanjirlariga integratsiyasini kuçaytiriş va eksport tarkibini diversifikatsiya qilişga qaratilgan.

Xususan, kimyo va neft-kimyo, maşinasozlik, elektrotexnika, töqimaçilik, farmatsevtika va boşqa istiqbolli sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantiriş böyiça yangi strategiya işlab çiqilmoqda.

Yangi sanoat siyosati doirasida har bir ustuvor tarmoqqa yirik xalqaro kompaniyalar va brend investorlarni jalb qiliş, zamonaviy sanoat zonalarini şakllantiriş, mahalliylaştirişni çuqurlaştiriş hamda korxonalarning texnologik salohiyatini oşiriş rejalaştirilmoqda. 2027-yilda har bir istiqbolli tarmoqqa kamida 2-3 tadan yirik investorni jalb qiliş közda tutilgan.

Şu bilan birga, yarimötkazgiçlar, robototexnika, biotexnologiyalar, elektromobillar uçun yuqori texnologik butlovçi qismlar va akkumulyatorlar işlab çiqariş kabi yangi yönalişlarni özlaştirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu maqsadlarni amalga oşiriş uçun xalqaro brendlarni jalb qiliş, ilmiy-tadqiqot va işlanmalarni qöllab-quvvatlaş hamda raqobatbardoş milliy işlab çiqaruvçilarni rivojlantirişning yangi rağbatlantiriş mexanizmlari közda tutilmoqda.

Iqtisodiy ösişning davomiyligini ta’minlaş uçun tarkibiy islohotlarni izçil davom ettiriş ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada davlat korxonalari va banklarini transformatsiya qiliş, xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş, energetika va transport infratuzilmasini takomillaştiriş, inson kapitalini rivojlantiriş hamda Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayonini yakunlaş ustuvor vazifalar sifatida körsatildi.

Bunda davlat investitsiyalarini xususiy kapital uçun qulay şaroit yaratişga yönaltiriş, iqtisodiy ösişni moliyalaştirişning zamonaviy mexanizmlarini şakllantiriş va investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oşirişga alohida e’tibor qaratiladi.

Yiğilişda 2027-yilga möljallangan asosiy makroiqtisodiy prognozlar körib çiqildi.

Hisob-kitoblarga köra, yalpi içki mahsulot hajmi 2027-yilda 232 milliard dollarga yetişi prognoz qilinmoqda.

Şu bilan birga, inflyatsiya darajasini 2027-yilda 6 foizga, 2028-2029-yillarda esa 5 foizgaça pasaytiriş, oltinsiz eksport hajmini 2027-yilda qariyb 40 milliard dollarga yetkaziş nazarda tutilmoqda.

Taqdimotda 2027-yil uçun Davlat budjeti daromadlarini 416 trillion söm, xarajatlarini esa 464 trillion söm miqdorida belgilaş nazarda tutilayotgani ma’lum qilindi. Budjet loyihasi iqtisodiy ösişning 7 foizlik prognozi asosida şakllantirilmoqda.

Jahondagi geosiyosiy va iqtisodiy noaniqliklar şaroitida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaşga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, kelgusi yilda inflyatsiyani 6 foizdan oşirmaslik, umumiy fiskal taqçillikni yalpi içki mahsulotga nisbatan 3 foiz doirasida saqlaş muhim vazifa etib belgilandi.

2027-yilda ham asosiy soliq stavkalarini özgarişsiz saqlaş közda tutilmoqda. Bunday şaroitda budjet daromadlarini köpaytirişning asosiy manbai iqtisodiy faollikni rağbatlantiriş, soliq bazasini kengaytiriş, yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş hamda soliq va bojxona ma’murçiligini takomillaştiriş bölişi ta’kidlandi.

Şu munosabat bilan raqamlaştiriş va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etiş orqali soliq va bojxona tuşumlarini qöşimça oşiriş, tadbirkorlar uçun qulay va şaffof muhit yaratiş yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Prezidentimiz budjet xarajatlarining har bir sömi aniq natija berişi lozimligini ta’kidladi. Şu bois, mablağlarni maqsadli yönaltiriş, samarasiz xarajatlarni qisqartiriş, davlat investitsiyalari va subsidiyalarining natijadorligini oşiriş, budjet intizomini kuçaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, investitsiya dasturi doirasidagi quriliş loyihalarida budjet mablağlarining sarflanişini töliq kuzatib boriş imkonini beradigan raqamli nazorat tizimini sinov tariqasida joriy etiş vazifasi qöyildi.

Yiğiliş iqtisodiy ösişni moliyalaştirişning yangi mexanizmlari ham muhokama qilindi. Bank tizimida xususiy kapital iştirokini kengaytiriş, kredit resurslarini köpaytiriş, investitsiya loyihalarini moliyalaştirişda davlat-xususiy şeriklik imkoniyatlaridan foydalaniş va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni jadallaştiriş zarurligi qayd etildi.

Mutasaddilarga 2027-yilda 65 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qiliş böyiça tarmoqlar hamda hududlar kesimida aniq rejalar işlab çiqiş topşirildi.

Yiğilişda bildirilgan fikr va takliflar asosida 2027-yil uçun Davlat budjeti loyihasining asosiy yönalişlari belgilab olindi.

Qonunçilikka muvofiq, bu loyiha va uning ijrosini ta’minlaş çora-tadbirlari mahalliy Kengaşlarda muhokama qilinadi hamda yakunda Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.