Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistondan kabel va sim mahsulotlari importiga nisbatan antidemping tekşiruvi heç qanday çeklov çoralarisiz yakunlandi. Ukraina Xalqaro savdo böyiça idoralararo komissiyasi Özbekistonda işlab çiqarilgan kabel-ötkazgiç mahsulotlariga nisbatan antidemping tekşiruvini çeklov çoralarini joriy etmasdan töxtatdi. Bu haqda taqdim etilgan xabarda ma’lum qilingan.
Komissiya uşbu qarorni 2026 yil 3 noyabr kuni qabul qildi. Tekşiruv 2025 yil may oyida boşlangan bölib, Özbekiston, Ozarbayjon va Turkiyada işlab çiqarilgan mahsulotlarni qamrab olgan.
Tekşiruv jarayonida demping marjasi 31,5 foiz darajasida ekani aniqlangan. Biroq tekşiruv yakunlariga köra, antidemping bojlarini joriy etişga qaror qilinmagan.
Xabarda erişilgan natija Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining sa’y-harakatlari hamda Ukraina tomoni bilan olib borilgan hamkorlik bilan boğlangan.
Qabul qilingan qaror özbekistonlik işlab çiqaruvçilarga Ukraina bozoriga qöşimça çeklovlarsiz kiriş imkoniyatini saqlab qolişga xizmat qiladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xorijiy bozorlarda mahalliy işlab çiqaruvçilar va eksportyorlar manfaatlarini himoya qiliş böyiça işlarni davom ettiradi.