Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyati va AQŞning AVADirect kompaniyasi axborot texnologiyalari sohasida qöşma loyihani amalga oşiriş hamda hududda autsorsing faoliyatini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
10 noyabr kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov AVADirect kompaniyasi asosçisi va rahbari Aleks Sonis boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.
Muzokaralar davomida Amerika kompaniyasi hududda faoliyat yuritayotgan Pro Team Solutions MÇJ bilan hamkorlikda amalga oşirişni rejalaştirayotgan loyiha haqida ma’lumot taqdim etildi.
Tomonlar AVADirect kompaniyasining Özbekistondagi autsorsing faoliyatini Farğona viloyati infratuzilmasi va kadrlar salohiyatidan foydalangan holda kengaytiriş, şuningdek, loyihani amalga oşirişga mahalliy mutaxassislarni jalb etiş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Kompaniya vakillari hududning investitsiyaviy salohiyati, IT-sektorni rivojlantiriş va malakali kadrlar tayyorlaş uçun yaratilgan şaroitlarni alohida qayd etdi.
Viloyat hokimligi ma’lumotlariga köra, boşqa Amerika kompaniyalari ham Farğona viloyatida öz faoliyatini yölga qöyişga qiziqiş bildirmoqda.
Xayrullo Bozorov istiqbolli taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.
Uçraşuv iştirokçilari hamkorlikning keyingi yönalişlari va ularni amalga oşiriş böyiça amaliy qadamlarni kelişib oldi. Hamkorlikning aniq şakllarini belgilaş böyiça mas’ul şaxslar iştirokidagi işlar davom ettiriladi.
AQŞning Ogayo ştatida joylaşgan AVADirect Custom Computers kompaniyasi individual buyurtmalar asosida yuqori unumdorlikka ega kompyuter tizimlarini yiğiş va integratsiya qilişga ixtisoslaşgan.