Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning BMB HOLDING kompaniyasi va Estoniyaning Operail kompaniyasi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini muhokama qildi.
BMB HOLDING ta’sisçilari kengaşi raisi Bekzod Mamatqulovning Operail ta’sisçisi Riçard Tomingas bilan uçraşuvi 10 noyabr kuni bölib ötdi. Bu haqda BMB HOLDING xabar berdi.
Muzokaralarda asosiy e’tibor Özbekiston va Estoniya örtasidagi eksport-import operatsiyalarini kengaytirişga qaratildi.
Xususan, tomonlar BMB HOLDING korxonalarida qişloq xöjaligi xomaşyosini çuqur qayta işlaş asosida işlab çiqariladigan mahsulotlarni Estoniya bozoriga yetkazib beriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Şuningdek, estonlik hamkorlarning işbilarmonlik aloqalari va savdo tarmoqlaridan foydalangan holda Özbekiston mahsulotlarini Norvegiya, Şvetsiya va Finlyandiya bozorlariga olib çiqiş istiqbollari muhokama qilindi.
Investitsiyaviy şeriklik, moliyalaştiriş mexanizmlari va yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari ham alohida muhokama mavzusi böldi.
Operail yuk temir yöl taşuvlari, harakatlanuvçi tarkibga texnik xizmat körsatiş va uni ta’mirlaşga ixtisoslaşgan.