Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Pokistonning Dewan Yousuf Group sanoat-biznes guruhi raqamli iqtisodiyot, şakar va sement sanoati sohalarida qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Özbekiston elçisi Alişer Töxtayevning guruh rahbari Divan Yusuf bilan uçraşuvi ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş doirasida bölib ötdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri raqamli iqtisodiyot va kriptoinfratuzilma sohasidagi hamkorlik böldi. Divan Yusuf Özbekistonning kriptoaktivlar va blokçeyn texnologiyalari sohasidagi salohiyatini qayd etib, qöşma taşabbuslarni amalga oşirişga qiziqiş bildirdi.
Jumladan, pokistonlik tadbirkor xalqaro raqamli aktivlar fondlarini jalb qiliş, zamonaviy raqamli platformalarni yaratiş va kriptovalyuta mayningi sohasida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etiş imkoniyatlarini örganişni taklif qildi.
Tomonlar şakar sanoatidagi hamkorlik istiqbollarini ham alohida körib çiqdi. Pokiston kompaniyasi xomaşyoni, jumladan, Braziliyadan import qiliş, uni Özbekiston hududida qayta işlaş va tayyor mahsulotni içki bozorda sotiş imkoniyatlarini örganmoqda.
Şu munosabat bilan Angren şakar zavodining işlab çiqariş quvvatlaridan foydalangan holda qöşma loyihani işga tuşiriş imkoniyati muhokama qilindi.
Uçraşuv iştirokçilari sement sanoatidagi hamkorlik hamda ikki mamlakat örtasidagi savdo-logistika aloqalarini rivojlantiriş masalalariga ham töxtaldi.
Muzokaralar yakunlari böyiça Dewan Yousuf Group tomonidan batafsil investitsiya takliflarini tayyorlaş böyiça kelişuvga erişildi.
Taşabbuslarni yana-da çuqur işlab çiqiş maqsadida Özbekistonning tegişli vazirlik va idoralari bilan onlayn maslahatlaşuvlar ötkaziş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, istiqbolli loyihalar bilan tanişiş va ularni amalga oşiriş imkoniyatlarini örganiş uçun Pokiston delegatsiyasining respublikaga biznes-missiyasini taşkil etiş közda tutilgan.
Yousuf Dewan Companies guruhi 1916 yilda taşkil etilgan bölib, Pokistonning yirik sanoat-biznes birlaşmalari qatoriga kiradi.
Uning faoliyat yönalişlari avtomobilsozlik, sement va şakar işlab çiqariş, töqimaçilik sanoati, sintetik tolalar işlab çiqariş hamda taşqi savdoni qamrab oladi. Guruh kompaniyalarida 4 mingdan ortiq kişi mehnat qiladi.