Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Ösimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassisi xalqaro Phenocycle ilmiy loyihasi doirasida Polşada malaka oşirmoqda.
Ta’lim jarayoni Özbekiston ilmiy-tadqiqot muassasasining Yevropaning CREA taşkiloti bilan hamkorligi doirasida Polşa boğdorçilik institutining polifenollarni tahlil qiliş laboratoriyasida taşkil etilgan.
Dasturda qişloq xöjaligida zararli organizmlarga qarşi kuraşişning ilğor texnologiyalarini joriy etiş laboratoriyasi mudiri iştirok etmoqda. Malaka oşiriş polifenol birikmalarini tahlil qilişning zamonaviy usullarini özlaştiriş, laboratoriya tadqiqotlarini ötkaziş va ilğor tahliliy texnologiyalarni qöllaşga qaratilgan.
Zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan işlaş, şuningdek, nazariy bilimlar va amaliy könikmalarni rivojlantirişga alohida e’tibor berilmoqda.
Polifenol birikmalari ösimliklardagi fiziologik jarayonlarda va ularning atrof-muhitning noqulay şaroitlariga moslaşişida muhim rol öynaydi. Ularni örganiş ösimliklarning qurğoqçilik, tuproq şörlanişi va harorat özgarişlariga javob reaksiyalarini tadqiq etiş imkonini beradi.
Zamonaviy laboratoriya tahlili usullaridan foydalaniş uşbu birikmalarning tarkibi va miqdorini yana-da aniqroq belgilaşga yordam beradi. Olingan bilimlar ösimliklar fiziologiyasi hamda ularning stress omillariga çidamlilik mexanizmlarini çuqurroq örganişga xizmat qilişi mumkin.