Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi 22 029 ta korxona faoliyat yuritgan. Bir yil davomida ularning soni 4 841 taga yoki 28,2 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Korxonalarning umumiy sonidan 4 851 tasi qo‘shma korxonalar, yana 17 178 tasi esa xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keldi.
So‘nggi besh yil ichida mamlakatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 1,5 baravarga ko‘paydi. Bunday kompaniyalar soni bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakat kapitali ishtirokidagi 6 649 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Ikkinchi o‘rinda 3 690 ta korxona bilan Rossiya, uchinchi o‘rinda esa 2 410 ta korxona bilan Turkiya qayd etilgan.
Kuchli o‘ntalikdan, shuningdek, Qozog‘iston (1 378 ta), Janubiy Koreya (744 ta), Afg‘oniston (740 ta), Ozarbayjon (519 ta), Tojikiston (490 ta), Birlashgan Arab Amirliklari (472 ta) va Hindiston (455 ta) o‘rin oldi.