Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Fayozbek Validjonov paratxekvondo bo‘yicha Aichi-Nagoya–2026 Paraosiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
K44 toifasida 58 kg gacha vazn toifasida erkaklar o‘rtasidagi final bahsida u Xitoy Taybeyi sportchisiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Validjonov kumush medal sohibi bo‘ldi va O‘zbekiston terma jamoasining medallar jamg‘armasini yana bir sovrin bilan boyitdi.