Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Uljon Amriyeva Aichi-Nagoya–2026 V Paraosiyo o‘yinlarida paradzyudo bo‘yicha musobaqalarda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida J1 sinfida, 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi finalga qadar yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda u Xitoy vakili Shi Isze bilan uchrashdi. Final natijalariga ko‘ra, Amriyeva ikkinchi o‘rinni egalladi.
2022 yilda Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan avvalgi Paraosiyo o‘yinlarida ham Amriyeva sovrindorlar qatoriga kirib, bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.