Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Yangi Toshkentda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining yangi binosi ochildi. Biznes majmua ishbilarmonlik uchrashuvlari, xalqaro forumlar, ko‘rgazmalar, B2B muzokaralari va taqdimotlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.
Majmua tarkibiga maydoni 10 400 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan kongress-ko‘rgazma markazi kiradi.
Tashrif buyuruvchilar uchun 252 ta avtomobilga mo‘ljallangan yerosti avtoturargohi tashkil etilgan.
Majmua zallarini turli formatdagi tadbirlarni o‘tkazish uchun qayta moslashtirish mumkin.
Shuningdek, binoda ishbilarmonlik uchrashuvlari uchun VIP xonalar jihozlangan va tantanali qabullarni o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Yangi maydoncha tajriba va g‘oyalar almashinuviga ko‘maklashish, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.