O‘zbekiston

Serbiya kompaniyasi 300 nafardan ortiq o‘zbekistonlikni ishga jalb qilmoqchi

Serbiya kompaniyasi 300 nafardan ortiq o‘zbekistonlikni ishga jalb qilmoqchi
Serbiya kompaniyasi 300 nafardan ortiq o‘zbekistonlikni ishga jalb qilmoqchi / Foto: Migratsiya agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Serbiyaning Sherpa d.o.o. kompaniyasi 2027 yilda O‘zbekistondan qurilish va turdosh kasblar sohasidagi 300 nafardan ortiq mutaxassisni ishga jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Migratsiya agentligi rahbari Muxsinxo‘ja Abduraxmonovning kompaniya bosh direktori Damir Lunich bilan onlayn muzokaralari yakunlari bo‘yicha maʼlum bo‘ldi.

Agentlik maʼlumotiga ko‘ra, Sherpa d.o.o. kompaniyasining hamkorlari orasida EXPO 2027 ko‘rgazmasi bilan bog‘liq loyihalarda ishtirok etayotgan pudratchi tashkilotlar ham bor.

Tomonlar eng ko‘p talab etiladigan mutaxassisliklar va mehnat sharoitlarini belgilash, nomzodlarni maqsadli tanlash hamda ularning kasbiy tayyorgarligini tashkil etishga kelishib oldilar. Nomzodlarni yakuniy tanlash Serbiya kompaniyasi vakillari ishtirokida O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Loyihani amaliy jihatdan amalga oshirish aniq bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rsatilgan rasmiy buyurtma olinib, hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat imzolanganidan keyin boshlanadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.