O‘zbekiston

O‘zbekiston va Ozarbayjon ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Ozarbayjon ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Ozarbayjon ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Milliy ijtimoiy himoya agentligi Ozarbayjon Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta tizimini yana-da takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida ikki mamlakat vakillari ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda joriy etilgan mexanizmlar bo‘yicha tajriba almashdi. Ijtimoiy to‘lovlarni tashkil etish amaliyoti va ijtimoiy sug‘urta tizimining faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbir doirasida amaldagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va sug‘urta mexanizmlariga bag‘ishlangan taqdimotlar ham o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni davom ettirish, ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va ilg‘or tajriba almashishga kelishib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.