O‘zbekiston

Sanjar Karimov ishi bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda

Sanjar Karimov ishi bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda
Sanjar Karimov ishi bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Sanjar Karimov (Real Sanjik) sud zalidan ozod qilingani haqida tarqalgan maʼlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Sanjar Karimovga nisbatan jinoyat ishi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilmoqda.

Sud jarayoni hali yakunlanmagan.

Ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi joriy yil 7 oktyabr kuniga belgilangan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.