Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston qiymati 10 mln dollar bölgan iqlim loyihasini boşladi. Loyiha doirasida 20 ta agrometeorologik stansiya örnatiş va monitoring tizimini rivojlantiriş közda tutilgan. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Taşabbusga 17 noyabr kuni Antaliyada bölib ötayotgan COP31 xalqaro iqlim konferensiyasi doirasidagi tadbirda start berildi.
Loyiha taşkilotçilari sifatida Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi Loyiha ofisi hamda BMTning Qişloq xöjaligini rivojlantiriş xalqaro jamğarmasi (IFAD) iştirok etdi.
Loyiha Adaptatsiya jamğarmasi granti hisobidan moliyalaştiriladi. U qişloq xöjaligida iqlim xizmatlarini rivojlantiriş, agroiqlim ma’lumotlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda oziq-ovqat tizimlarining iqlim özgarişiga bardoşliligini oşirişga qaratilgan.
Taşabbus doirasida 20 ta avtomatlaştirilgan agrometeorologik stansiya örnatiş va agroiqlim monitoringi tizimini rivojlantiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, Gidrometeorologiya xizmati agentligi laboratoriyasini modernizatsiya qiliş ham közda tutilgan.
Loyiha fermerlarni zamonaviy iqlim xizmatlari bilan ta’minlaş va iqlim xavflarini hisobga olgan holda qişloq xöjaligini rivojlantirişga yönaltirilgan.