Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Airbus kompaniyasining jahon aviatsiya bozori rivojlanişi böyiça sönggi prognoziga (Global Market Forecast, GMF) köra, Markaziy Osiyoda havo taşuvlari hajmi, jumladan mintaqaga, mintaqadan va mintaqa içidagi reyslar, keyingi 20 yil davomida yiliga örtaça 5,1% ga ösadi. Yölovçi aylanmasi (RPK) deyarli uç baravar oşişi kutilmoqda: 2025-yildagi 89 mlrd yölovçi-kilometrdan 2045-yilga kelib 242 mlrd gaça.
Markaziy Osiyo aviatsiya bozorining ösişi barqaror iqtisodiy va demografik omillar bilan taʼminlanadi. 2045-yilga borib Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekistonda örta sinf vakillari soni 26 mln kişiga köpayib, 80 mlnga yetadi.
YaIMning örtaça yillik 3,8% ösişi, şahar aholisi sonining 15 mln kişiga ortişi hamda savdoning yillik 3,1% ösişi daromadlarning oşişiga xizmat qiladi. Natijada 2045-yilga kelib mintaqada aholi kişi boşiga havo safarlari intensivligi deyarli ikki baravar ortadi.
Markaziy Osiyoning beşta davlati öxşaş iqtisodiyotlar bilan soliştirganda bugunning özidayoq havo safarlariga yuqoriroq moyillikni namoyon etmoqda. Kelgan 20 yil içida bu körsatkiç jahon böyiça örtaça darajadan, yaʼni bir kişiga yiliga 0,2 ta aviasafardan oşib ketişi kutilmoqda.
Eng katta taşuv hajmi mintaqa içidagi yönalişlarga töğri keladi, ösişning eng yuqori surʼatlari esa Xitoy, Yevropa va MDH davlatlari örtasidagi yönalişlarda kutilmoqda.
“Markaziy Osiyoning Örta yölak doirasidagi strategik joylaşuvi mintaqaning Yevropa va Osiyo örtasidagi asosiy savdo boği sifatidagi rolini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda”, – deb taʼkidladi Airbus kompaniyasining strategik tahlil va global bozor prognozlari böyiça direktori Jerom Şaptal, – “Mintaqa aviakompaniyalari ösib borayotgan yölovçi talabini qondiriş va havo transporti samaradorligini oşiriş maqsadida parvozlar geografiyasini kengaytirmoqda va samolyotlar parkini modernizatsiya qilmoqda”.
Mintaqa samolyotlar parkining modernizatsiya miqyosi yangi avlod havo kemalari uluşining tez ösişida aks etmoqda: oxirgi ön yillikda u 0% dan 42% gaça oşdi, prognozlarga köra, 2035-yilga kelib 86% ga yetadi.