Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi maktabga bir yillik tayyorlovni majburiy umumiy örta ta’lim tizimiga kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.
Hujjat «Maktabgaça ta’lim va tarbiya töğrisida»gi hamda «Ta’lim töğrisida»gi qonunlarga özgartirişlar kiritişni nazarda tutadi. Uşbu özgartirişlar maktabgaça va maktab ta’limi örtasidagi uzviylikni ta’minlaşga qaratilgan.
Qonun loyihasiga muvofiq, maktabga bir yillik tayyorlov majburiy umumiy örta ta’limning boşlanğiç bosqiçi sifatida belgilanadi. Uşbu tayyorlovni maktabgaça ta’lim taşkilotlarida ham, umumta’lim muassasalarida ham taşkil etiş rejalaştirilmoqda.
Bundan taşqari, hujjatda bolalarning bunday tayyorlovdan ötiş huquqini qonunçilikda mustahkamlaş nazarda tutilgan.
Taşabbus mualliflarining fikriça, taklif etilayotgan özgartirişlar bolalarning maktabga tayyorgarlik sifati oşişiga va ta’lim jarayoni uzluksizligini ta’minlaşga xizmat qiladi.
Şuningdek, ular Özbekiston ta’lim tizimining xalqaro maqomini oşiriş va xorijda öqişni davom ettirayotgan fuqarolar uçun yana-da qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan.