Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev farmoni bilan Yangi Toşkent va Samarqand şahridagi “Şirin” massivida qiymati 50 mln dollardan boşlanadigan şaharsozlik loyihalari uçun «tartibga soliş qumdoni» maxsus huquqiy rejimi joriy etilmoqda. Şu bilan birga, Yangi Toşkentda alohida hokimiyat taşkil etiladi. Bu haqda 2026 yil 10 noyabrdagi PF-243-sonli farmonda ma’lum qilingan.
Maxsus rejim maydoni 19 720,9 gektar bölgan Yangi Toşkent hududiga hamda Samarqanddagi maydoni 665,15 gektarni taşkil etuvçi “Şirin” massiviga tatbiq etiladi.
Hujjatdan közlangan maqsad mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, zamonaviy yeçimlar va yetakçi xalqaro brendlarni jalb qiliş, şuningdek, ilğor xorijiy tajriba asosida infratuzilmani rivojlantirişdan iborat.
Maxsus rejim 200 metr va undan baland bölgan aralaş maqsadli osmonöpar binolar, mehmonxona majmualari, savdo va biznes markazlari, mavzuli boğlar, dam oliş hududlari hamda integratsiyalaşgan kurortlarga nisbatan qöllaniladi.
Şuningdek, tibbiyot va ta’lim muassasalari, sport majmualari, teatrlar, kinoteatrlar, muzeylar hamda infratuzilma obyektlari ham uşbu röyxatga kiritilgan.
Loyihaning qiymati kamida 50 mln dollarni taşkil etişi va direksiya tomonidan şakllantiriladigan bitta yer uçastkasida joylaştirilişi kerak. Dunyodagi eng yaxşi 50 ta brend hamda öz sohasining xalqaro reytingidagi birinçi beştalikka kiruvçi mehmonxona majmualariga esa loyiha qiymati bundan kam bölgan taqdirda ham xuddi şunday imtiyozlar beriladi. Bunday loyihalar konsolidatsiyalaşgan byudjet hisobidan moliyalaştirilmaydi, taşqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bundan mustasno.
Yer uçastkalari E-auksion elektron platformasi orqali oçiq auksionlarda yoki «Swiss çallenge» tamoyili asosida, ya’ni eng yaxşi taklifni töğridan-töğri tanlaş orqali ijaraga beriladi.
Bir kvadrat metr yer maydonining boşlanğiç narxi investitsiya hajmiga qarab belgilanadi: investitsiya 50 mln dollargaça bölganda — 200 dollar, 50–100 mln dollar bölganda — 150 dollar, 100–250 mln dollar bölganda — 100 dollar, 250–500 mln dollar bölganda — 50 dollar, 500 mln dollardan ortiq bölganda esa 1 dollar.
Dastlabki tölov miqdori 30 foizdan 10 foizgaça etib belgilanadi. Qolgan summani esa tört yildan yetti yilgaça bölgan muddatda foizsiz tölaşga ruxsat beriladi. Qiymati 500 mln dollardan ortiq loyihalar uçun dastlabki tölov va bölib tölaş tartibi nazarda tutilmagan. Quriliş işlari köpi bilan olti oy içida boşlanişi lozim.
Investorlar uçun soliq va bojxona imtiyozlari belgilangan. Loyiha obyektlarini ijaraga beriş va sotişdan olinadigan foydaga soliq stavkasi 1 foizni taşkil etadi. Uşbu imtiyoz 50 mln dollardan boşlangan investitsiyalar uçun beş yil, 100 mln dollardan boşlangan investitsiyalar uçun 10 yil, 500 mln dollardan ortiq investitsiyalar uçun esa 15 yil davomida amal qiladi. Qiymati 50 mln dollardan boşlanadigan loyihalar 20 yil muddatga mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etiladi.
2040 yil 1 yanvarga qadar olingan va O‘zbekistonga qayta investitsiya qilingan dividendlar soliqqa tortilmaydi. Qurilish davrida texnika, uskunalar va materiallarni olib kirish uchun bojxona bojlari bekor qilinadi.
Bunda olib kiriladigan tovarlar qiymati 100 mln dollargacha bo‘lgan loyihalarda investitsiya summasining 30 foizidan, 100–500 mln dollarlik loyihalarda 50 foizidan, 500 mln dollardan ortiq loyihalarda esa 70 foizidan oshmasligi kerak.
Yillik mehnatga haq to‘lash fondi 50 ming dollardan ortiq bo‘lgan xorijiy mutaxassislar ishlash uchun ruxsatnoma olish va ayrim yig‘imlarni to‘lashdan ozod etiladi. Ular uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq uch yilgacha bo‘lgan muddatda 1 foiz etib belgilanadi.
Xorijiy investorlar uchun mablag‘ kiritilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonunchilik normalari 10 yil davomida saqlab qolinadi. Bu kafolat yangi normalar investorlar uchun sharoitlarni yomonlashtirgan taqdirda qo‘llaniladi.
Yangi Toshkent hokimiyati tegishli maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilmasidan oldin ham o‘z faoliyatini boshlaydi. U hududni boshqarish, aholiga, ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Hokim Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Hokimiyat apparati xodimlari soni 14 nafardan oshmaydi, Yangi Toshkentdagi davlat organlari bo‘linmalari uchun esa 30 ta shtat birligi ajratiladi. Hokimiyat va davlat organlarini saqlash xarajatlari respublika byudjeti hisobidan qoplanadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jumladan, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir oy ichida Yangi Toshkentda o‘z tuzilmalarini tashkil etishi shart. Hokimiyat va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari direksiyaga doimiy foydalanish uchun berilgan hudud chegarasida avval Toshkent viloyati va uning tumanlari organlari vakolatiga kirgan masalalarni mustaqil hal qilishi mumkin bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasiga 10 kun ichida tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, uch oy ichida esa xorijiy tajribani o‘rganib, Yangi Toshkentga maʼmuriy-hududiy birlik maqomini berish bo‘yicha taklif kiritish topshirilgan.
Hukumatga berilgan boshqa topshiriqlar qatorida 2026 yil oxiriga qadar ko‘chmas mulk investitsiya trastlari (REIT) faoliyati qoidalarini ishlab chiqish, 2026–2028 yillarda Olimpiya shaharchasidan Temur Malik ko‘chasigacha avtomobil yo‘lini qurish hamda 2026 yil 15 dekabrga qadar Yangi Toshkent va “Shirin” direksiyalariga tegishlicha 260 mlrd va 200 mlrd so‘m ajratish vazifalari ham bor.
Farmon 2035 yil 1 yanvarga qadar qurilishga ruxsatnoma berilgan obyektlarga nisbatan amal qiladi.