Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida qurilayotgan turar joy binosining noqonuniy ravişda barpo etilgan 18-qavati buzib taşlandi. Bunga yomğir yoğayotgan vaqtda 17-qavat yölaklariga suv kirib ketgani sabab bölgan. Bu haqda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xabar berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumanida Better Best kompaniyasi tomonidan qurilgan uylarni yomğir paytida suv bosişi haqidagi videolar tarqalgan edi.
Inspeksiya xodimlari uşbu ma’lumotni tekşirdi. Tekşiruv davomida obyekt Kiçik Beşyoğoç köçasida joylaşgani aniqlandi.
Köp qavatli bino buyurtmaçi — «Alaniya Stroy Servis» MÇJ tomonidan qurilmoqda.
Idora ma’lumotlariga köra, binoning 17-qavati ustida özboşimçalik bilan qöşimça terrasa qurilgan bölib, u amalda yana bir qavatni taşkil etgan. Quriliş işlari belgilangan tartibni buzgan holda olib borilgan.
Inspeksiya noqonuniy qurilmani buziş böyiça yozma körsatma bergan. Körsatmani bajariş va 18-qavatni demontaj qiliş jarayonida yomğir yoğişi oqibatida suv 17-qavat yölaklariga sizib kirgan.
Inspeksiya ma’lum qilişiça, suv kirişi oqibatlarini bartaraf etiş çoralari körilgan.
Ayni paytda noqonuniy qurilgan qavatni buziş işlari yakunlangan. Obyektda tom yopiş işlari boşlangan.
Idora şuningdek, köp qavatli uy hali foydalanişga qabul qilinmaganini ma’lum qildi.