Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona şahri va Andijon viloyatida umra ziyoratini taşkil etiş bahonasida noqonuniy pul yiğiş bilan boğliq ikki holat aniqlandi. Bu haqda Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Farğona şahrida turistik firmaning rasmiy bölmagan xodimi ikki nafar fuqaroni umra ziyoratini ado etiş uçun Saudiya Arabistoniga yuborişni taklif qilgan. Safarni taşkil etiş uçun u tegişli ruxsatnomaga ega bölmagan holda 2 500 dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligining hududiy boşqarmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida erkak 2 450 dollarni olayotgan vaqtda qölga olingan.
Unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda uşbu iş böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.
Şunga öxşaş holat Andijon viloyatining Şahrixon tumanida ham qayd etilgan. Noqonuniy faoliyat bilan şuğullangan turistik firma xodimi tört nafar fuqaroni ziyorat safariga yuboriş uçun 4 400 dollar talab qilgan.
Viloyat Davlat xavfsizlik xizmati boşqarmasi va içki işlar organlari xodimlari uni otasi bilan birga 4 300 dollarni olayotgan vaqtda qölga olgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.