Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva mamlakat parlament delegatsiyasining Koreya Respublikasiga taşrifi doirasida «Koreya — Özbekiston» parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi Kim Gyo Xon bilan uçraşdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni kengaytiriş va oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amaliy jihatdan röyobga çiqariş masalalarini muhokama qildi.
Ikki tomonlama parlamentlararo guruhlar faoliyati rivojlanayotgani hamda parlamentlar qömitalari örtasida tajriba almaşiş kölami kengayayotgani qayd etildi.
Uçraşuvda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) kömagida Oliy Majlis palatalarida amalga oşirilayotgan «Elektron parlament» loyihasiga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv iştirokçilari parlament faoliyatini raqamlaştiriş, mahalliy Kengaşlar bilan elektron hamkorlikni rivojlantiriş va zamonaviy texnologiyalarni, jumladan, sun’iy intellektni joriy etiş istiqbollarini körib çiqdi.
Şuningdek, madaniyat, turizm va sport sohalarida hamkorlikni kengaytiriş, hududlar örtasida töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyiş, yoş parlamentariylar örtasida tajriba almaşiş va qöşma taşabbuslarni ilgari suriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar 2027 yilda qöşma parlament tadbirlarini ötkaziş muhimligini ta’kidladi.
Uşbu tadbirlar Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 35 yilligi, şuningdek, Özbekistonda koreys diasporasi yaşay boşlaganining 90 yilligiga bağişlanadi.