Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyatining Yuqoriçirçiq tumanida Çirçiq daryosining öng qirğoğida qum-şağal aralaşmasini noqonuniy qazib oliş holati aniqlandi.
Qoidabuzarlik “Nurafşon” mahallasi hududida tungi reyd ötkazayotgan Ekologiya politsiyasi xodimlari tomonidan aniqlangan.
Tekşiruv ma’lumotlariga köra, qazib olingan materiallar yaqin atrofda joylaşgan toş maydalaş korxonasiga taşilgan.
Bundan taşqari, inspektorlar qazib oliş natijasida hosil bölgan çuqurliklarning bir qismi quriliş çiqindilari bilan töldirilib, keyin tuproq bilan kömilganini aniqlagan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan transport vositalari haydovçilaridan tuşuntiriş xatlari olingan, tegişli dalolatnomalar rasmiylaştirilgan. Avtomobillar esa jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
Şuningdek, noqonuniy qazib olingan qum-şağal aralaşmasining aniq hajmini belgilaş maqsadida mutaxassislar tomonidan ölçov işlari ötkazilgan.
Yakuniy xulosa olingandan söng, qoidabuzarliklarga huquqiy baho beriş va tegişli çoralar köriş uçun materiallarni huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuboriş rejalaştirilgan.