Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2027 yil 1 yanvardan boşlab davlat mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan obyektlarda pudrat taşkilotlarining boşqa xarajatlari smeta qiymatining (töğridan-töğri xarajatlarning) 20 foizi miqdorida, zarur foyda esa 7 foiz miqdorida belgilanadi.
Mazkur tartib 2026 yil 21 oktyabrdagi 583-sonli hukumat qarori bilan belgilandi.
Hujjat bilan quriliş obyektlarining şartnomaviy joriy narxlarini hisoblaşda pudrat taşkilotlarining boşqa xarajatlarini aniqlaştiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Yangi qoidalar byudjet tizimi mablağlari hisobidan amalga oşiriladigan quriliş, rekonstruksiya va ta’mirlaş işlariga tatbiq etiladi. Ular ustav kapitalida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan xöjalik jamiyatlariga ham taalluqli.
Qoidalar loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş va obyektlarning boşlanğiç qiymatini belgilaşda qöllaniladi.
Quriliş sohasi xodimlarining mehnatiga haq tölaş miqdori bir kişi-soat uçun respublika böyiça mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 5 foizi darajasida, ijtimoiy soliqni hisobga olgan holda belgilanadi. Pudratçilarning boşqa işlab çiqariş xarajatlari töğridan-töğri xarajatlar summasining 2,5 foizini taşkil etadi. Toğli, çöl va boriş qiyin bölgan hududlardagi obyektlar uçun esa bu körsatkiç 5 foiz etib belgilanadi.
Töğridan-töğri şartnomalar böyiça pudratçilarning boşqa xarajatlarini hisoblaş, tekşiriş va tasdiqlaş işlari «Şaffof quriliş» milliy axborot tizimi orqali elektron şaklda amalga oşiriladi.
Bir kalendar yildan köp bölmagan muddat davomida faoliyat yuritgan hamda balans körsatkiçlari va moliyaviy hisobotlarini taqdim etmagan pudrat taşkilotlari uçun boşqa xarajatlar smeta qiymatining 10 foizi, zarur foyda esa 7 foizi miqdorida qabul qilinadi.
Boşqa işlab çiqariş xarajatlari uçun mablağlar amalda bajarilgan işlar hajmi va qiymatidan kelib çiqib ajratiladi.
Tender natijalariga köra tuzilgan şartnomalarda şartnoma amal qiladigan davrda pudratçining boşqa xarajatlari miqdorini özgartirişga yöl qöyilmaydi. Bundan soliq qonunçiligi özgargan holatlar mustasno.
Pudrat taşkilotlari kesimida boşqa xarajatlar miqdori haqidagi ma’lumotlar «Şaffof quriliş» tizimida e’lon qilib boriladi.