Özbekiston

Özbekiston va Iordaniya strategik şeriklik örnatdi

Özbekiston va Iordaniya strategik şeriklik örnatdi
Özbekiston va Iordaniya strategik şeriklik örnatdi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Iordaniya ikki tomonlama munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga olib çiqişga kelişib oldi. Bunday qaror prezident Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya qiroli Abdulla II ibn al-Husaynning Ammandagi muzokaralari davomida qabul qilindi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

24 noyabr kuni “Al-Husayniya” saroyida ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari iştirokida kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bölib ötdi. Tomonlar siyosiy muloqotni, iqtisodiy aloqalarni hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.

Uçraşuv iştirokçilari siyosiy aloqalar va idoralararo hamkorlik faollaşganini, şuningdek, özaro savdo va investitsiyalar hajmi ortib borayotganini qayd etdi.

Keyingi hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida savdo, investitsiyalar, transport va logistika, toğ-kon sanoati, qişloq xöjaligi, töqimaçilik sanoati, soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohalari belgilandi.

Tomonlar imtiyozli savdo töğrisidagi bitimni tayyorlaş masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Şuningdek, özaro tovar ayirboşlaş hajmini 500 million dollarga yetkaziş vazifasi muhokama qilindi.

Gumanitar aloqalarni rivojlantiriş maqsadida madaniyat va san’at haftaliklarini ötkaziş, diniy-ma’rifiy sohada tajriba almaşiş hamda sayyohlik safarlarini kengaytiriş taklif etildi. Bundan taşqari, Özbekiston va Iordaniyaning qadimiy şaharlari örtasida birodarlik aloqalarini örnatiş imkoniyatlari körib çiqildi.

Şavkat Mirziyoyev va Abdulla II xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşdi. Ular BMT, Islom hamkorlik taşkiloti, Qöşilmaslik harakati, «Aqaba jarayoni» va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik muhimligini ta’kidladi.

Erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş uçun tomonlar kompleks «yöl xaritasi»ni qabul qiliş niyatida. Muzokaralar yakunida Şavkat Mirziyoyev Iordaniya qirolini Özbekistonga taşrif bilan kelişga taklif qildi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.