Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda PROFI DEUTSÇ nemis tilini örganiş markazi va TELC xalqaro imtihon markazi oçildi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.
Markazlarni joylaştiriş uçun Kasbiy ta’limni moddiy-texnik ta’minlaş markazi binosi ta’mirlandi. Poytaxt hokimligi kömagida xonalar zamonaviy öquv sinflari, mebel va texnik jihozlar bilan ta’minlandi.
Markazlarning tantanali oçiliş marosimi 23 noyabr kuni bölib ötdi.
PROFI DEUTSÇ markazi yoşlarni nemis tilini örganiş, Germaniyada ta’lim oliş va qonuniy işga joylaşişga tayyorlaşga ixtisoslaşgan. Öquv kursi 10 oyga möljallangan. Şu vaqt davomida tinglovçilar boşlanğiç darajadan B1 bosqiçigaça bölgan bilimlarni egallaşlari mumkin.
Markaz bir vaqtning özida 180 nafargaça kişini qabul qila oladi.
TELC imtihon markazi nemis tilini biliş darajasini xalqaro mezonlar asosida baholaş va tegişli sertifikat oliş imkonini beradi. Bu yerda har oy 300–400 nafar nomzod uçun imtihonlar ötkaziş rejalaştirilgan. Markazning yillik ötkaziş quvvati 3 600–4 800 kişini taşkil etişi kutilmoqda.
Oçiliş marosimida Toşkent şahar hokimi örinbosari Durdona Rahimova, Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov, Migratsiya agentligi direktorining örinbosari Elyor Toştemirov, TELC taşkilotining Markaziy Osiyo böyiça vakili Vinfrid Ellvanger hamda PROFI DEUTSÇ markazi rahbari Kamoliddin Bediyev iştirok etdi.
Yangi markazlar yoşlarning Germaniyadagi dual kasbiy ta’lim dasturi — Ausbildungda iştirok etiş, malakasini oşiriş va xalqaro mehnat bozoriga çiqiş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişi közda tutilgan.