Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Içki işlar vazirligi 100 va undan ortiq kişi iştirok etadigan ommaviy tadbirlarda xavfsizlikni ta’minlaş xizmatlari uçun haq tölaş tartibini joriy etişni taklif qildi. Tegişli qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Hujjatda tadbirlarni ötkaziş uçun elektron ruxsatnomalar beriş, qöriqlaş xizmatlari haqini tölaş hamda çiptalarni elektron tizimlar orqali sotiş tartibi nazarda tutilgan. Uning maqsadi fuqarolarning hayoti va soğliğini himoya qiliş, şuningdek, ehtimoliy tahdidlarning oldini olişdan iborat.
Ommaviy tadbirlar qatoriga 100 nafardan kam bölmagan kişi iştirok etadigan ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy, diniy, madaniy, köngiloçar, sport, bayram va tijorat-reklama tadbirlarini kiritiş taklif etilmoqda.
Bunda yangi qoidalar yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari va namoyişlar, şuningdek, töylar, oilaviy va yubiley tantanalariga tatbiq etilmaydi.
Ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş uçun IIV E-Jamoat Xavfsizligi tizimida e-ommaviy tadbir elektron modulini yaratişni rejalaştirmoqda. Tegişli ruxsatnomasiz taşkilotçilarga tadbirni ommaviy axborot vositalari va internetda reklama qiliş, şuningdek, unga çiptalar sotiş taqiqlanadi.
Qoida tariqasida, ruxsatnoma bitta tadbir uçun beriladi. Biroq bir joyda muntazam ötkaziladigan konsertlar, teatr spektakllari va sirk tomoşalarining taşkilotçilari bir yilgaça muddatga ruxsatnoma olişlari mumkin böladi.
Maxsus reyestrga kiritilgan obyektlardagi tadbirlar, köçma sirklar tomoşalari va saylovoldi tadbirlarini ötkaziş uçun ruxsatnoma talab etilmaydi. Buning örniga taşkilotçilar tadbir boşlanişidan kamida 10 iş kuni oldin vakolatli organni xabardor qilişi kerak böladi.
Xavfsizlik xizmatlari uçun tölov
Loyihaga muvofiq, ommaviy tadbirlarni qöriqlaş xizmatlari haq evaziga içki işlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va soğliqni saqlaş organlari tomonidan körsatiladi.
Tadbirlarni uçta toifaga ajratiş taklif etilmoqda. Alohida toifaga Prezident, Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ötkaziladigan respublika va xalqaro miqyosdagi tadbirlar kiritiladi.
Birinçi toifani alohida toifaga kirmaydigan Toşkent şahri, Nukus şahri va viloyatlar markazlarida ötkaziladigan tadbirlar taşkil etadi. Ikkinçi toifaga esa qolgan barça tadbirlar kiritiladi.
Birinçi toifadagi tadbirlar xavfsizligini ta’minlaş uçun Milliy gvardiya, ikkinçi toifadagi tadbirlar uçun esa içki işlar organlarini jalb qiliş rejalaştirilgan. Xizmat körsatiş böyiça şartnoma tadbir boşlanişidan kamida 10 iş kuni oldin tuzilişi kerak böladi.
Qöriqlaş xizmati narxi jalb qilingan xodimlar soni va tadbir davomiyligiga boğliq böladi.
Loyihada bir kişi-soat xizmati narxi bazaviy hisoblaş miqdorining 7 foizi, ya’ni 30 800 söm etib belgilanmoqda. Umumiy qiymat xodimlar soni, qöriqlaş davomiyligi va bir kişi-soat qiymatining kamida 50 foizini taşkil etuvçi tarifdan kelib çiqib hisoblanadi.
Alohida toifadagi tadbirlar, saylovoldi tadbirlari va köçma sirk tomoşalarini qöriqlaş bepul amalga oşiriladi.
Elektron çiptalar va xavfsizlik nazorati
Loyihada sport musobaqalari, madaniy va köngiloçar tadbirlarga çiptalarni elektron şaklda sotiş ham nazarda tutilgan. Tizim çiptalarni qayta sotiş, qalbakilaştiriş va ulardan takroran foydalanişning oldini olişi kerak.
Odamlar oqimini kuzatiş va boşqariş uçun uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalaniş taklif etilmoqda. Ular yordamida iştirokçilar sonini hisoblaş, maydonlarning ortiqça tölib ketişini aniqlaş va ehtimoliy xavflar haqida ogohlantiriş ham rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, vakolatli organlar huzuridagi maxsus komissiyalar tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan maydonlardagi xavfsizlik şaroitlarini tekşiradi. Komissiyalar aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körsatmalar beriş huquqiga ega böladi.
Qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasi 20 noyabrga qadar davom etadi.