Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda ikki mamlakat ommaviy axborot vositalarining taniqli vakillari, mediatuzilmalar rahbarlari, madaniyat, teatr, kino namoyandalari, muzey sohasi, kreativ industriyalar va ekspert doiralari vakillarini birlaştirgan Özbekiston–Rossiya mediaforumi bölib ötdi.
Forum kun tartibi keng qamrovli va amaliy xususiyatga ega böldi. Zamonaviy mediamuhitning özgarişi, raqamli platformalarni rivojlantiriş, yangi texnologiyalar, madaniy-gumanitar hamkorlik, birgalikda kontent yaratiş, şuningdek, Özbekiston va Rossiya örtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaşda OAV hamda madaniyat institutlarining örni e’tibor markazida böldi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinçi örinbosari Akramjon Ne’matov “Mediada milliy madaniy kod: an’anaviy qadriyatlar va kelajakka nigohning uyğunligi” mavzusidagi sessiyaga moderatorlik qilar ekan, ikki mamlakat örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilikning bugungi darajasi nafaqat amaliy hamkorlikni kengaytirişni, balki uning ijtimoiy asosi bölgan işonç va özaro anglaşuvni yanada mustahkamlaşni ham talab etişini qayd etdi.
Uning sözlariga köra, bir-birining milliy madaniy kodlarini çuqur biliş va, avvalo, hurmat qiliş bunday işonçning asosiy şartidir.
A. Ne’matov madaniy kod an’ana va ramzlarning özgarmas majmui emasligini ta’kidladi. U jamiyat bilan birga rivojlanadi, yangi mazmun bilan boyiydi, biroq xalqning özligini anglaşi, fikrlaş tarzi va atrofdagi olamga munosabatini şakllantiradigan qadriyatlar negizini saqlab qoladi. Bunda tarixiy xotira, til, turmuş tarzi, oila, katta avlod, mehnat, bilim, inson qadr-qimmati, özaro yordam va yaxşi qöşniçilikka munosabat nazarda tutiladi.
U Özbekiston va Rossiyaning madaniy kodlari aynan bir xil bölmasa-da, asosiy qadriyatlar jihatidan köp jihatdan hamohang ekanini qayd etdi. Bu pragmatik va mazmunli muloqot uçun mustahkam asos yaratadi. Bunday muloqotda farqlarni yöqotişga intiliş emas, balki bir-birining milliy öziga xosligini tuşuniş va hurmat qiliş muhimdir.
A. Ne’matovning fikriça, jamiyat barqarorligini ta’minlaydigan, avlodlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaydigan va jamiyatni birlaştiruvçi muhim ma’naviy tayanç bölib xizmat qiladigan an’anaviy qadriyatlarni asrab-avaylaş va tarğib etiş alohida ahamiyat kasb etmoqda.
“Jamiyatlarimiz bir-birining madaniy kodlarini qançalik çuqur bilib, anglab borsa, özaro işonç şunçalik mustahkam, mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar esa şunçalik barqaror böladi”, — deya ta’kidladi u.