Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Sindao şahrida Farğona–Xitoy savdo-investitsiya markazi oçildi. Uning faoliyati Farğona viloyati mahsulotlarini Xitoy bozoriga olib çiqiş, işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş va qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşirişga kömaklaşişga qaratilgan. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi xabar berdi.
Markaz «Xitoy – ŞHT» mahalliy savdo-iqtisodiy hamkorlik namoyiş hududi maydonida joylaşgan.
Markazning oçilişi Farğona viloyati delegatsiyasining Xitoyning Şandun provinsiyasiga taşrifi doirasida bölib ötdi. Taşrif davomida viloyat vakillari Sindao va Szinan şaharlarida muzokaralar ötkazdi.
Sindaoda taşkil etilgan biznes-forum doirasida Hisense Group, Tronvex Maçinery, Şandong Luqiao Group, Modu House kompaniyalari hamda temir-beton mahsulotlari işlab çiqaruvçi zavod vakillari bilan B2B uçraşuvlar bölib ötdi.
Uçraşuvlarda telekommunikatsiya va mobil aloqa, yuqori aniqlikdagi CNC dastgohlarini işlab çiqariş, irrigatsiya va yöl qurilişi uçun temir-beton konstruksiyalar tayyorlaş, avtomobil yöllari va köpriklar barpo etiş, şuningdek, modulli binolar quriş sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Szinan şahrida delegatsiya Xitoy Xalqaro savdoga kömaklaşiş kengaşining (CCPIT) provinsiya va şahar qömitalari vakillari bilan kengaytirilgan muzokaralar ötkazdi.
Uçraşuvlarda Farğona viloyatining eksport va investitsiya salohiyati hamda istiqbolli loyihalari taqdim etildi. Tadbirkorlar, şuningdek, Şandong Linxuan Import-Export, Şandong Hu Xin, Jinan Aoli va boşqa korxonalar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar yakunida Farğona viloyati hokimligi Szinan şahri Xalqaro savdoga kömaklaşiş qömitasi va Qingdao SPB GALAXY CULTURE kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi. Bağdod tumani hokimligi esa LINK-WORLD IMP & EXP kompaniyasi bilan memorandum tuzdi.
Tomonlar Szinan tadbirkorlarining Farğona viloyatiga taşrifini taşkil etiş, ularga hududning investitsiya imkoniyatlarini taqdim qiliş hamda hamkorlikni muvofiqlaştiriş uçun işçi guruh tuzişga kelişib oldi. Şuningdek, Farğona viloyati delegatsiyasining Şandun provinsiyasidagi biznes-forumlarda iştirokini ta’minlaş rejalaştirilgan.
Muzokaralarning alohida qismi qişloq xöjaligi masalalariga bağişlandi. Szinan şahrida delegatsiya Şandong Oakes Animal Husbandry çorvaçilik majmuasiga taşrif buyurib, nemis texnologiyalari asosida sut işlab çiqariş va qayta işlaş jarayonlari bilan tanişdi. 180 gektar maydonda joylaşgan majmuada 6 mingdan ortiq soğin sigir parvarişlanadi. Har bir sigirdan kuniga 45–50 litr sut olinadi.
Korxonada yogurt, kefir va boşqa sut mahsulotlari işlab çiqariladi.
Kompaniya vakillari bilan Farğona viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasining Bözatov tumanida zamonaviy çorvaçilik majmualarini taşkil etiş imkoniyatlari muhokama qilindi. Korxona ta’sisçilari Özbekistonga taşrif buyurişga tayyor ekanini bildirdi. Tomonlar doimiy aloqani yölga qöyiş va loyihalar böyiça işçi guruh şakllantirişga ham kelişib oldi.
Jinan Yimin Animal Pharmaceutical kompaniyasi raisi Van Tao bilan çorva mollari kasalliklarining oldini oliş va ularni davolaş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş hamda Farğona viloyatida veterinariya preparatlari işlab çiqariş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bundan taşqari, delegatsiya Jinan Xinsan Plastic Industry korxonasida biologik parçalanuvçi mulçalaş va issiqxona plyonkalari işlab çiqariş jarayoni bilan tanişdi. 2003 yilda taşkil etilgan kompaniya 12,87 gektar maydonni egallaydi va yiliga 60 ming tonna mahsulot işlab çiqariş quvvatiga ega.
Taşrif iştirokçilari bunday mahsulotlarni Farğona viloyatidagi fermer va issiqxona xöjaliklarida qöllaş istiqbollari, şuningdek, ularning tuproq unumdorligi va ekologik holatga ta’sirini körib çiqdi.
Xitoylik investorlarga viloyatdagi erkin iqtisodiy zonalar va kiçik sanoat zonalarining imkoniyatlari, şuningdek, viloyat hokimi taşabbusi bilan taşkil etilgan xitoylik investorlarni qöllab-quvvatlaş markazi faoliyati ham taqdim etildi.