Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahridagi jazoni ijro etiş koloniyasidan turib, giyohvandlik vositalarini internet orqali sotişni taşkil etgan guruhning töqqiz nafar a’zosi sudlandi. Bu haqda Milliy telekanalining Millar dasturi xabar berdi.
Reportaj ma’lumotlariga köra, mahkumga mobil telefonni koloniya boşliğining birinçi örinbosari bergan. Uşbu qurilmani qölga kiritgan mahkum internet orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullanuvçi onlayn dökon taşkil etgan.
Xaridorlarga taqiqlangan moddalarni yetkazib beriş bilan ozodlikda bölgan şeriklari şuğullangan. Tezkor tadbirlar davomida huquqni muhofaza qiluvçi organlar jinoiy guruhga aloqadorlikda gumon qilingan töqqiz nafar şaxsni qölga olgan.
Jinoyat işi Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida körib çiqildi. Guruh rahbari Özbekiston Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadida qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlarni sodir etiş, şuningdek, ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş jinoyatida aybdor deb topildi.
Sud unga 14 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi. Jinoyat kodeksining 60-moddasi asosida avvalgi hukm böyiça ötalmay qolgan jazoning bir qismini yangi jazoga qisman qöşiş natijasida yakuniy jazo muddati 14 yilu bir oyni taşkil etdi.
Bundan taşqari, Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq, u öta xavfli retsidivist deb topildi. U jazoni maxsus rejimli koloniyada ötaydi.
Guruh tarkibida bölgan yana olti nafar erkak 10 yildan 14 yilgaça ozodlikdan mahrum etildi.
Ikki nafar ayol ham jinoiy guruh iştirokçilari deb topildi. Ularning biri avval ham, 2024 yilda jinoiy javobgarlikka tortilgan va sudlangan edi. Avvalgi jazoning ötalmay qolgan qismini yangi jazoga qisman qöşiş natijasida unga tayinlangan yakuniy jazo muddati sakkiz yilu olti oyni taşkil etdi.
Ozodlikdan mahrum qiliş jazosidan taşqari, sud unga jazoni ötaş joyida giyohvandlikka qaramlikdan majburiy davolaniş çorasini ham tayinladi.
Ikkinçi ayol esa yetti yil ozodlikdan mahrum qilindi.