Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan noqonuniy koll-markaz aniqlandi. Unda zarur hujjatlari bölmagan 23 nafar xorijiy fuqaro bölgan. Tekşiruv vaqtida erkaklardan biri profilaktika inspektoriga 1 000 dollar miqdorida pora taklif qilgan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabar berdi.
Yaşirin faoliyat yuritayotgan markaz turar joylardan birining hududida ötkazilgan tekşiruv davomida aniqlangan. Ma’lumotga köra, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari bino yaqinidagi şubhali harakatlarga e’tibor qaratib, unda kimlar yaşaşi va bino kimga tegişli ekanini aniqlaşga qaror qilgan.
Xodimlardan biri hujjatlarni tekşiriş uçun erkaklardan biriga murojaat qilganida, boşqa fuqaro profilaktika inspektoriga 1 000 dollar taklif qilgan. Inspektor pulni rad etib, tekşiruvni davom ettirgan.
Xolislar iştirokida ötkazilgan binolar közdan keçiruvi davomida xorijiy fuqarolar aniqlangan. 23 nafar şaxsning zarur hujjatlari bölmagan. Aşyoviy dalil sifatida 80 ta mobil telefon, 21 ta noutbuk, oltita router va 22 ta pasport olib qöyilgan.
Bundan taşqari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar kriptoaktivlar bilan boğliq operatsiyalarni ham aniqlagan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, uç nafar xorijiy fuqaro tegişli litsenziyaga ega bölmagan holda bir neça bor şunday operatsiyalarni amalga oşirgan. Ularning umumiy hajmi qariyb 27,9 ming USDTni taşkil etgan. Bu 329 million sömdan ortiq mablağga teng.
Yakkasaroy tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi huzuridagi tergov bölimi tomonidan Özbekiston Jinoyat kodeksining kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buzganlik uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi 278⁸-moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar markaz faoliyatining barça holatlari va unga aloqador bölişi mumkin bölgan şaxslar doirasini aniqlamoqda.