O‘zbekiston

Samarqandda 20 kg dan ortiq opiy kontrabandasi foş etildi

Samarqandda 20 kg dan ortiq opiy kontrabandasi foş etildi
Samarqandda 20 kg dan ortiq opiy kontrabandasi foş etildi / Foto: videodan kadr.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyatida 20 kg 239 gramm ekstraksion opiy kontrabandasining oldi olindi. Giyohvandlik moddasi Iştixon tumanidagi uyda aniqlangan. Uyda Fors körfazi mintaqasidagi mamlakatlardan birining 1971 yilda tuğilgan fuqarosi vaqtinça yaşab kelgan. Bu haqda Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Idora ma’lumotlariga köra, xorijlik fuqaro şaxsi aniqlanayotgan qöşni respublika fuqarosi bilan til biriktirib, özi boşqargan Renault rusumli yuk avtomobilida giyohvandlik moddasini çet eldan Özbekistonga olib kirgan.

Giyohvandlik moddasi yuk avtomobilidagi yaşirin joyga va ikkita akkumulyator içiga berkitilgan.

Giyohvandlik moddasi DXXning Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida aniqlangan.

Ular bojxona va içki işlar organlarining hududiy boşqarmalari bilan hamkorlikda xorijlik fuqaro yaşagan uyni közdan keçirib, moddani belgilangan protsessual tartibda musodara qilgan.

Xorijiy fuqaro va boşqa şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov doirasida uşbu jinoyatga aloqador boşqa şaxslarni aniqlaş işlari olib borilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.