Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda oktyabr oyida suyultirilgan gazni noqonuniy saqlaş va sotiş bilan boğliq 374 ta holat, şuningdek, kömir mahsulotlariga oid 16 ta qoidabuzarlik aniqlandi.
Tekşiruvlar natijasida noqonuniy muomaladan 9 139 ta gaz balloni, 92,9 tonna suyultirilgan gaz va 333,54 tonna kömir musodara qilindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Içki işlar vaziri Aziz Taşpölatov aholi va ijtimoiy obyektlarni kömir, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlaş, şuningdek, yoqilğini taqsimlaş jarayonida korrupsiya va talon-toroj holatlarining oldini oliş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, musodara qilingan kömir keyinçalik aholi ehtiyojlari uçun yönaltirilgan. Gaz ballonlari va suyultirilgan gazni iste’molçilarga qaytariş böyiça çoralar körilgan. Içki işlar vazirligi aniqlangan ayrim holatlarda gaz ta’minoti korxonalari xodimlari ham talon-torojlarga aloqador bölganini qayd etdi.
Yiğilişda gaz ballonlarini belgilangan jadval asosida yetkazib beriş, yoqilğini taşiş va taqsimlaş jarayonida şaffof hisob yuritiş, şuningdek, iste’molçilardan asossiz tölovlar undirilişiga yöl qöymaslik vazifalari belgilandi.
Şuningdek, kömir va gaz yetkazib berişning haqiqiy hajmlari bilan hisobot ma’lumotlari örtasidagi tafovutlarni, yoqilğini töliq yetkazib bermaslik holatlarini hamda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilişni aniqlaş böyiça tezkor-profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş rejalaştirilmoqda.
Içki işlar vazirligi “Hududgazta’minot” kompaniyasi va Transport vazirligi bilan birgalikda taşiş logistikasi, belgilangan yönalişlarga rioya etilişi va harakat xavfsizligi ustidan nazoratni kuçaytiradi. Gaz töldiriş şoxobçalari, omborlar va taqsimlaş bazalarida qöşimça qöriqlaş çoralari köriladi.
Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlaşdagi muammolar sentyabr oyi boşida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan yiğilişda ham muhokama qilingan edi. Öşanda uşbu turdagi yoqilği bilan qariyb 3,8 mln iste’molçi va 2 mingga yaqin ijtimoiy obyekt ta’minlanayotgani ma’lum qilingan. 2026 yilda ular uçun 604,8 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriş közda tutilgan.
Tekşiruvlar natijalariga köra, iste’molçilarning 22 foizi gaz ballonlarini 46 kundan ortiq interval bilan olayotgani aniqlangan. Yetkazib berişdagi keçikişlar tufayli ayrim oilalar yoqilğini bozor narxlarida avtomobil gaz quyiş şoxobçalaridan sotib olişga majbur bölmoqda.
Yetkazib beriş tizimini yaxşilaş maqsadida avvalroq xususiy operatorlarni jalb etgan holda pilot loyihani amalga oşiriş rejasi e’lon qilingan edi.
Bundan taşqari, “Hududgazta’minot” huzurida LPG-Trade şöba kompaniyasi taşkil etilmoqda. U birja orqali suyultirilgan gaz xarid qiliş va uni aholiga yetkazib berişni taşkil etiş bilan şuğullanadi.