Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda huquqbuzarliklar profilaktikasi subyektlari sonini 14 tadan 21 tagaça oşiriş, şuningdek, kriminogen ma’lumotlarning yagona platformasini yaratiş taklif etilmoqda.
Bu haqda Boş prokuratura va boşqa davlat organlari vakillari «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Özgarişlar «Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida»gi qonunning yangi tahriri loyihasida nazarda tutilgan. Hujjat taqdimoti 4 noyabr kuni bölib ötganida Prezident uning qoidalarini takomillaştiriş böyiça topşiriq bergan.
Boş prokurorning birinçi örinbosari Bahriddin Valiyevning ma’lum qilişiça, qonun loyihasida profilaktika jarayonida iştirok etuvçi har bir organning huquq va majburiyatlari belgilab qöyilmoqda.
Uning sözlariga köra, avval uşbu organlarning faoliyati köp jihatdan öz qarorlari va deklaratsiyalariga asoslangan bölsa, qonunning yangi tahririda ularning vakolatlari va javobgarligini qonunçilik darajasida tartibga soliş nazarda tutilgan.
Profilaktika subyektlari röyxatiga yangi taşkilotlar sifatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qömitasi, Mahallalar uyuşmasi, Markaziy bank, şuningdek, komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalarini kiritiş taklif etilmoqda.
Boş prokuratura zimmasiga uşbu organ va taşkilotlar faoliyati ustidan nazorat mexanizmini işlab çiqiş vazifasi yuklatilgan. Bundan taşqari, davlat idoralarining axborot resurslarini birlaştiradigan kriminogen ma’lumotlarning yagona platformasini yaratiş rejalaştirilmoqda. Buning uçun raqamlaştiriş körsatkiçlari va parametrlarini birxillaştiriş, şuningdek, amaldagi axborot tizimlarini integratsiya qiliş közda tutilgan.
Valiyevning sözlariga köra, uşbu vazifalarni amalga oşiriş uçun boş prokuror rahbarligida komissiya tuziladi va yöl xaritasi işlab çiqiladi. Prokuratura belgilangan muddatlar va hududlarni hisobga olgan holda rejalaştirilgan çora-tadbirlarning bajarilişini nazorat qiladi.
Qonunçilik palatasi qömitasi raisi Uluğbek Şermatovning ma’lum qilişiça, qonun loyihasida profilaktikaning maxsus turlari ham nazarda tutilgan. Xususan, giyohvandlik vositalari tarqalişiga qarşi kuraşiş, spirtli içimliklarni iste’mol qilişga moyil şaxslar bilan işlaş, kiberjinoyatçilikning oldini oliş va uyuşgan jinoiy guruhlar faoliyatiga yöl qöymaslik çoralari belgilanmoqda.
Loyihada profilaktika çoralari va profilaktik hisobga olinişi lozim bölgan fuqarolar toifalari röyxati ham kengaytirilmoqda.
Içki işlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boşliği Şarof Örolovning ta’kidlaşiça, qonun loyihasiga muvofiq, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uçun jazoni ötab bölgan şaxslar, şuningdek, töqqiz turdagi ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolarni profilaktik hisobga oliş taklif etilmoqda.
Bundan taşqari, hujjatda profilaktika inspektorlari rahbarligida faoliyat yuritadigan ijtimoiy profilaktikaning yettita subyektini taşkil etiş nazarda tutilgan.
Ular qatoriga ta’lim muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlarini kiritiş taklif etilmoqda.