Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 27 oktyabr kuni Özbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva mamlakatga «Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yoş yetakçilari» mintaqaviy dasturi doirasida taşrif buyurgan xorijiy davlatlar delegatsiyalari vakillari bilan uçraşdi.
Uçraşuvda Markaziy Osiyoda yangi siyosiy muhitning şakllanişi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş, siyosiy muloqotni kengaytiriş va dolzarb masalalarni birgalikda hal etiş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratayotgani ta’kidlandi.
Yoşlarni qöllab-quvvatlaş sohasidagi Özbekiston davlat siyosatiga alohida e’tibor qaratildi. Uçraşuv iştirokçilariga «Yangi Özbekiston yoşlari — 2030» strategiyasining asosiy qoidalari taqdim etildi. Şuningdek, mahallalarda yoşlar yetakçilarining faoliyati, Oliy Majlis palatalari huzuridagi Yoşlar parlamentlarining yoş avlod manfaatlarini ifoda etiş va himoya qilişdagi örni haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar yoşlar bandligini ta’minlaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt sohalarida hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini ham muhokama qildilar. Ustuvor yönalişlar sifatida yoşlarning bilim va kasbiy kompetensiyalarini oşiriş, innovatsion taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş hamda mintaqa mamlakatlarida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallaştiriş belgilandi.
Bundan taşqari, xorijiy delegatsiyalar vakillariga Özbekistonda amalga oşirilayotgan konstitutsiyaviy va parlament islohotlari, Senatning vakolatlari hamda uning qonun ijodkorligi jarayonidagi örni haqida ma’lumot berildi.
Uçraşuv yakunida mintaqa mamlakatlari yoş yetakçilari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş va qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş muhimligi ta’kidlandi.
Muntazam muloqot va tajriba almaşiş Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Ozarbayjon örtasidagi yaxşi qöşniçilik munosabatlarini rivojlantiriş va şeriklikni kengaytirişga salmoqli hissa qöşişi qayd etildi.