Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Jahon banki Özbekistonga elektr energiyasini taqsimlaş tizimini modernizatsiya qiliş uçun 100 mln dollarlik kredit ajratişni ma’qulladi. Dastur mamlakat böylab 60 ta muhim podstansiyani yangilaşni nazarda tutadi. Bu elektr ta’minoti işonçliligini oşiriş, elektr energiyasi yöqotişlarini kamaytiriş va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini tarmoqqa integratsiya qiliş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda. Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati xabar berdi.
Bank baholariga köra, modernizatsiya qilingan obyektlar işga tuşirilganidan keyingi beş yil davomida dastur qariyb 11 700 ta qöşimça sifatli iş örni yaratilişiga kömaklaşadi.
Kutilişiça, 2031 yilga kelib modernizatsiya qilingan podstansiyalarda elektr energiyasining yillik yöqotişlari 20 000 MVt·soatga kamayadi. Bundan taşqari, yangilangan infratuzilma elektr tarmoğiga qayta tiklanuvçi energiya manbalarining kamida 3,3 GVt quvvatini integratsiya qiliş imkonini beradi. Dasturni amalga oşiriş, şuningdek, issiqxona gazlari çiqindilarini har yili CO₂ ekvivalentida qariyb 23 000 tonnaga qisqartirişga yordam beradi.
«Elektr energiyasini taqsimlaş tizimlarini modernizatsiya qiliş» dasturining umumiy byudjeti 371 mln dollarni taşkil etadi. 27 oktyabr kuni ma’qullangan Jahon banki kreditidan taşqari, moliyalaştiriş 30 sentyabr kuni tasdiqlangan Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) 200 mln dollarlik krediti va Özbekiston davlat byudjetidan ajratiladigan 71 mln dollarni öz içiga oladi.
Ikki xalqaro moliya instituti dasturni töliq özaro işonç mexanizmi (Full Mutual Reliance Framework — FMRF) doirasida moliyalaştirişda iştirok etmoqda. Uşbu mexanizm loyihani tayyorlaş va uning amalga oşirilişini nazorat qilişda kelişilgan yondaşuvni nazarda tutadi. Bu ma’muriy xarajatlarni kamaytiriş va tartib-taomillarning takrorlanişiga yöl qöymaslik imkonini berişi kutilmoqda.
Dastur Özbekistonning 2030 yilgaça qayta tiklanuvçi energiya manbalarining örnatilgan quvvatini 25 GVtga yetkaziş rejalari fonida amalga oşirilmoqda. Bu maqsadga erişiş uçun elektr tarmoqlari infratuzilmasini modernizatsiya qiliş zarur, çunki uning katta qismi bir neça ön yil avval qurilgan. Tarmoqlarning eskirgani va podstansiyalarning ortiqça yuklanişi elektr energiyasi yöqotişlari hamda aholi xonadonlari, korxonalar va ijtimoiy obyektlarni elektr bilan ta’minlaşdagi uzilişlarga olib kelmoqda.
Dasturning ijroçisi «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ böladi. Podstansiyalarni texnik jihatdan yangilaşdan taşqari, loyiha infratuzilmani raqamlaştiriş va kompaniyaning institutsional salohiyatini mustahkamlaşni ham nazarda tutadi.
Jumladan, moliyaviy boşqaruv tizimlarini takomillaştiriş, kiberxavfsizlikni kuçaytiriş, ekologik va ijtimoiy standartlarga rioya etiş sifatini oşiriş, şuningdek, bandlik sohasida gender tengligini ta’minlaş rejalaştirilgan.
«Işonçli elektr ta’minoti odamlarning kundalik hayoti va iqtisodiy faoliyat uçun zarur», — dedi Jahon bankining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Naji Benxasin.
Uning sözlariga köra, OTB bilan hamkorlik Özbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, resurslardan foydalaniş samaradorligini oşiriş va mamlakatning keyingi iqtisodiy ösişi uçun şaroit yaratişga yordam beradi.