Shoshilinch
O‘zbekiston

Qaşqadaryo salohiyatini aholi daromadi va yangi iş örinlariga aylantiriş vazifalari belgilandi

Qaşqadaryo salohiyatini aholi daromadi va yangi iş örinlariga aylantiriş vazifalari belgilandi
Qaşqadaryo salohiyatini aholi daromadi va yangi iş örinlariga aylantiriş vazifalari belgilandi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

Davlatimiz rahbari sözini yiğiliş iştirokçilarini Özbek tili bayrami bilan tabriklaşdan boşladi. Qaşqadaryo farzandi, Özbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovning ona tilimiz rivojiga qöşgan hissasini alohida e’tirof etdi.

– Keça viloyatning şahar va tumanlarida, mahallalarida bölgan özgarişlarni, tadbirkor, investor, yoşlarning közlaridagi şijoatni körib, juda katta kuç oldim, – dedi davlatimiz rahbari.

Bir neça yil avval eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri bölgan Qaşqadaryoni yil yakuniga qadar kambağallik va işsizlikdan xoli hududga aylantiriş maqsad qilingan. Joriy yilning töqqiz oyida sanoat, xizmatlar va qişloq xöjaligida ösişga erişildi. Biroq viloyatning hozirgi natijalari uning boy resurslari va inson salohiyatiga hali töliq mos kelmayotgani ta’kidlandi.

Qaşqadaryo iqtisodiyotining ösişi uçun, avvalo, sanoatda qöşilgan qiymatni oşiriş zarur. Viloyatdagi gaz, elektr energiyasi va yer osti boyliklari tayyor mahsulot işlab çiqarişga xizmat qilişi kerakligi körsatib ötildi. Şu maqsadda “GTL” zavodidagi yangi loyihalar, naftadan polimer va neft-kimyo mahsulotlari oliş, Dehqonobod kaliy zavodi quvvatini kengaytiriş hamda kiçik tonnajli kimyoni rivojlantiriş imkoniyatlari körib çiqildi. Mas’ullarga 20 milliard dollarlik loyihalar va 50 ming iş örnini qamrab oladigan uç yillik dastur tayyorlaş topşirildi.

Bu loyihalar yirik korxonalar atrofida mahalliy işlab çiqaruvçilarni ham birlaştirişi lozim. Şuning uçun viloyatda oltita sanoat klasteri taşkil etiladi, “Qaşqadaryo” erkin iqtisodiy zonasining filiallari oçiladi. Ularning infratuzilmasi uçun dastlab 250 milliard söm yönaltiriladi. Zamonaviy traktor va qişloq xöjaligi texnikalarini mahalliylaştiriş, agrodronlar işlab çiqariş ham şu yönalişdagi vazifalardan böldi.

Sanoat ösişi barqaror energiya ta’minotiga ham boğliq. Kelasi yil viloyatda “Masdar” kompaniyasining 300 megavattli quyoş elektr stansiyasi va energiya saqlaş quvvati işga tuşiriladi. Qarşi tumanida çiqindidan elektr oliş loyihasi yakunlanmoqda. Yangi quvvatlarni iste’molçilarga yetkaziş uçun Nişon va Kökdalada yirik podstansiyalar quriş, Tolimarjon – Söğdiyona yönalişidagi 245 kilometrlik elektr tarmoğini tugallaş vazifalari qöyildi.

Qişloq xöjaligi ham aholi daromadini oşirişning muhim manbai sifatida körib çiqildi. Viloyatda uşbu sohaning özida qöşimça 200 ming kişini daromadli qiliş imkoniyati bor. Jahon banki bilan Misr tajribasi asosida sakkizta tumandagi 100 ming gektar yaylovga dronlar yordamida qurğoqçilikka çidamli çorva ozuqasi ekiladi, çorvaçilik komplekslari taşkil etiladi. Ğuzorda 10 ming gektar yer foydalanişga kiritilib, dehqonlarga beriladi. Kosmik ma’lumotlar asosida aniqlangan yana 30 ming gektar maydonni özlaştirişga misrlik mutaxassislar jalb qilinadi.

Yerdan samarali foydalaniş uçun suv ta’minoti ham yaxşilanadi. Qaşqadaryoda ekin maydonlariga suv yetkaziş qimmatga tuşayotgani sababli kelasi yil 265 kilometr kanal betonlaştiriladi, 20 ta nasos yangilanadi. Fermerlar bilan birga 75 ming gektarda suv tejovçi texnologiyalar joriy etiladi. Bu yil qurilgan kiçik suv hovuzlari tajribasi yana beşta tumanda kengaytiriladi.

Aholining toza içimlik suviga ehtiyoji alohida muhokama qilindi. Ajratilgan mablağlar hisobidan 747 kilometr suv va kanalizatsiya tarmoği hamda 43 ta inşoot qurilişi yakunlanib, 200 ming kişi toza suv bilan ta’minlanadi. Hisorak suv omboridan Qarşi şahri va atrofdagi tumanlarga tarmoq tortiş yana 350 ming aholiga xizmat qiladi. Tolimarjon – Muborak suv tizimini rekonstruksiya qiliş esa beşta tumandagi 700 ming kişining suv ta’minotini yaxşilaşga qaratilgan.

Hududlar örtasidagi aloqani yengillaştiriş uçun yöl loyihalari ham belgilandi. Osiyo taraqqiyot banki bilan A-380 avtomobil yölining viloyatdan ötuvçi 100 kilometr qismi rekonstruksiya qilinadi. Qarşi şahri aylanma yöli uşbu magistralga ulanadi. Poyezd ötayotgan vaqtda tirbandlik yuzaga keladigan ikki temir yöl kesişmasida zamonaviy yöl ötkazgiçlar quriladi.

Yiğilişda yirik loyihalarning samarasi har bir mahallada sezilişi kerakligiga e’tibor qaratildi. Qamaşi tumanidagi Çim mahallasida maktab, boğça, poliklinika, yoşlar markazi, sport majmuasi va istirohat boği barpo etildi. Eng muhimi, mahallada kambağal oila va işsiz aholi qolmadi. Kelgusi yil Mustaqillik bayramigaça şu tajriba asosida har bir tumanda ikkitadan zamonaviy mahalla markazi taşkil etiladi. Mirişkorda limonçilik, baliqçilik va boğdorçilik loyihalari boşlanadi, ijaraga berilgan yerlarda yuqori daromadli ekinlar yetiştiriş kengaytiriladi.

Bunday taşabbuslarni amalga oşirişda banklar faqat yangi kredit mahsulotlarini taklif etiş bilan çeklanmasligi ta’kidlandi. Ularning işi resurs olgan korxonalar soni va biznesning ösişi bilan baholanadi. Kredit ajratişda pul oqimi va aniq buyurtmalarni hisobga oliş, tadbirkorlardan söraladigan ortiqça hujjatlarni bekor qiliş vazifasi qöyildi.

Qaşqadaryoning tabiiy imkoniyatlari turizmda ham yangi iş örinlari yaratişi mumkin. Yil boşidan viloyatga 2,5 million sayyoh kelgan, Ğelon qişloğining öziga taşrif buyurganlar soni 500 mingga yetgan. Ğelonda toğ-çanği kurortining birinçi bosqiçini işga tuşiriş, boşqa toğ qişloqlarida etnoturizm, Şahrisabz tumanida rafting va sport turizmini rivojlantiriş rejalaştirilgan. Olti qişloq böyiça master-rejalar tayyorlanib, 50 million dollarlik loyihalar boşlanadi.

Yangi iş örinlariga yoşlarning kasbiy tayyorgarligi ham muhim. Qarşi şahridagi Ilğor kasbiy mahorat texnikumining Germaniyada malaka oşirgan 32 nafar ustasi hozir viloyatdagi 57 ta texnikum ustalarini öqitmoqda. Bu yerda öquvçilar maktab attestati bilan birga kasbiy sertifikat oladi, germaniyalik mutaxassislar esa yoşlarga til va kasb örgatadi. Mas’ullarga maktablar bilan texnikumlar örtasida öquvçilarni kasbga yönaltirişning aniq tizimini yaratiş topşirildi.

Qaşqadaryolik öquvçilarning natijalari ham e’tirof etildi. Qarşi şahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida respublikada eng yuqori natijani qayd etdi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi “Zakovat” turnirida ğolib böldi. Kosonlik Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ball töpladi. Kelasi yildan har bir tumanda bittadan maktabda aniq fanlar çet tilida öqitiladi. Şuningdek, barça tumanlarda robototexnika tögaraklari oçilib, öquvçilar örtasida har yili çempionat ötkaziladi.

Viloyatning kelgusi ösişi şaharsozlikda ham oldindan puxta rejalaştirişni talab etadi. Qarşi şahri, Kökdala va Qarşi tumani çegarasida 500 ming aholiga möljallangan Yangi Qarşi şahri, Qarşi tumanida esa “Köhna Nasaf” ekomajmuasi barpo etiladi. Nufuzli arxitektura kompaniyalari iştirokida boş reja işlab çiqilib, yangi hududlar “yaşil” va “aqlli” şahar tamoyillari asosida quriladi.

Şu bilan birga, mahallalarda köçat ekiş va yaşil hududlarni köpaytiriş böyiça “Qaşqadaryo tajribasi” yölga qöyiladi. Har yili Navröz arafasida “Eng yaşil mahalla” tanlovi ötkaziladi.

Yiğiliş yakunida viloyat va tumanlar hokimlarining axboroti tinglandi, faollar bilan muloqot qilindi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.