Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Ispaniya qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, Ispaniya agrotexnologiyalarini joriy etiş hamda qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Muzokaralar Antaliya şahrida BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (COP31) doirasida Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Alişer Şukurov va Ispaniya qişloq xöjaligi, baliqçilik va oziq-ovqat vaziri Luis Planas Puçades örtasida bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlantiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Yaqinda Toşkentda bölib ötgan Özbekiston — Ispaniya biznes-forumi yakunlari hamda unda erişilgan kelişuvlarni amaliyotga tatbiq etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Hamkorlikning istiqbolli yönalişlari qatorida agrotexnologiyalar, issiqxona xöjaligi, uruğçilik, suv resurslarini boşqariş va agrologistika sohalarida Ispaniya tajribasini joriy etiş qayd etildi. Uçraşuv iştirokçilari, şuningdek, Özbekistonda Ispaniya uzumining istiqbolli navlarini yetiştirişni kengaytiriş hamda bu yönalişdagi ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.
Bundan taşqari, 2027 yil bahorida «Markaziy Osiyo — Ozarbayjon — Ispaniya» formatida xalqaro forum ötkaziş imkoniyati körib çiqildi. Uning doirasida vazirlar uçraşuvi va biznes-forum taşkil etilişi mumkin.
Muzokaralar yakunida tomonlar Toşkentda erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, yangi investitsiya loyihalarini şakllantiriş va agrar sohadagi hamkorlikni kengaytiriş böyiça muloqotni davom ettirişga kelişib oldi.