Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2026 yil 10 noyabrda inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi farmonni imzoladi. Hujjat ta’lim, soğliqni saqlaş va iqtisodiy rivojlaniş sohalaridagi ustuvor yönalişlarni belgilaydi.
Farmonda asosiy maqsadlari bilim va könikmalarni taraqqiyotning boş kapitaliga aylantiriş, aholi uçun soğlom va uzoq umr köriş şaroitlarini ta’minlaş, şuningdek, yuqori texnologiyalar va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirişdan iborat bölgan milliy dasturlarni amalga oşiriş nazarda tutilgan.
Ustuvor yönalişlardan biri ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş böladi. Jumladan, olti yoşli bolalarni maktabga qabul qilişdan oldin tayyorlov guruhlari bilan töliq qamrab oliş rejalaştirilgan.
Şuningdek, nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarini taşkil etiş uçun amaldagi imtiyozlarni saqlab qoliş va ularning samaradorligini baholaş közda tutilgan.
Barça umumta’lim maktablarini bosqiçma-bosqiç ta’lim sifati baholanadigan xalqaro dasturlar bilan qamrab oliş rejalaştirilmoqda.
Oliy ta’lim sohasida esa kamida 10 ta ta’lim taşkilotini xalqaro reytinglardagi dunyoning eng yaxşi 1 000 ta oliy ta’lim muassasasi qatoriga kiritiş vazifasi belgilangan.
Yana bir maqsad — 10 million nafar yoşni raqamli industriyaga jalb etiş va kelajak kasblarini egallaşiga kömaklaşişdan iborat.