Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Belarusning ISsoft Solutions IT-kompaniyasi xalqaro faoliyatini kengaytiriş uçun Özbekistonni istiqbolli yurisdiksiyalardan biri sifatida körib çiqmoqda. Kompaniya xodimlarni dastlabki bosqiçda köçirmasdan, yuridik şaxsni röyxatdan ötkaziş orqali Özbekiston bozoriga bosqiçma-bosqiç kiriş masalasini muhokama qilmoqda.
Bu masala 26 oktyabr kuni IT Park Uzbekistan delegatsiyasi bilan ISsoft Solutions kompaniyasi örtasidagi uçraşuvda muhokama qilindi. IT Park Uzbekistan delegatsiyasiga eksportni rivojlantiriş direktori Jahongir Qağirov, ISsoft Solutions delegatsiyasiga esa kompaniya boş direktorining innovatsiyalar böyiça örinbosari Aleksandr Drobişevskiy boşçilik qildi. Bu haqda IT Park Uzbekistan xabar berdi.
Tomonlar kompaniyaning Özbekiston bozoriga kiriş istiqbollari, mamlakatda yuridik mavjudlikni yölga qöyiş va transçegaraviy operatsion faoliyatning maqbul modelini muhokama qildi. Bunda masofaviy işlaş formatini saqlab qoliş va keyinçalik biznes kölamini kengaytiriş masalalariga e’tibor qaratildi.
IT Park vakillari rezidentlik şartlari, soliq imtiyozlari hamda mamlakatda faoliyat yuritişning öziga xos jihatlari haqida ma’lumot berdi.
Xalqaro faoliyatini diversifikatsiya qiliş doirasida ISsoft Solutions yangi bozorlarni, jumladan, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarini örganmoqda.
IT Park ma’lumotlariga köra, Özbekiston IT-kompaniyalar uçun amal qilayotgan imtiyozlar va xalqaro texnologik xizmatlar zanjirlariga integratsiyalaşiş imkoniyatlarini hisobga olgan holda körib çiqilmoqda.
Kompaniya 2026 yil oxiriga qadar istiqbolli yurisdiksiyalarni qiyosiy tahlil qilişni yakunlaş va xalqaro kengayiş modelini belgilaşni rejalaştirmoqda. Özbekistondagi şart-şaroitlar boşqa körib çiqilayotgan bozorlar takliflari bilan bir qatorda baholanadi. Uçraşuv yakunlariga köra, tomonlar kompaniyaning Özbekiston bozoriga ehtimoliy kirişi bilan boğliq taşkiliy va huquqiy masalalar böyiça muloqotni davom ettirişga kelişib oldi.
ISsoft Solutions — 2004 yilda taşkil etilgan Belarusning yirik IT-kompaniyalaridan biri. Kompaniya Şimoliy Amerika, Yevropa va boşqa mintaqalar bozorlarida faoliyat yurituvçi Coherent Solutions xalqaro guruhi tarkibiga kiradi.
Kompaniya buyurtma asosida dasturiy ta’minot işlab çiqiş, raqamli muhandislik, bulutli yeçimlar va korporativ axborot tizimlariga ixtisoslaşgan.
Kompaniyaning Belarusdagi işlab çiqiş markazlarida 1 700 nafardan ortiq mutaxassis mehnat qiladi. ISsoft Solutions tarkibida törtta ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, korporativ öquv markazi va içki startap-inkubator mavjud.