Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Milliy statistika qömitasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) 2026 yil 9 noyabr kuni özaro anglaşuv memorandumini imzoladi.
Hujjat rasmiy statistika va geofazoviy ma’lumotlardan foydalaniş sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişni nazarda tutadi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Tomonlar uşbu ma’lumotlardan hududiy rejalaştiriş va boşqaruv qarorlarini qabul qiliş jarayonlarida foydalanişga kömaklaşiş niyatida.
Hamkorlik geografik axborot tizimlari (GIS), Yerni sun’iy yöldoşlar orqali kuzatiş, sun’iy intellekt va GeoAI texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlarni yiğiş, qayta işlaş, integratsiya qiliş va tahlil etiş sohasidagi salohiyatni mustahkamlaşni öz içiga oladi.
Şuningdek, mutaxassislar malakasini oşiriş, bilim va tajriba almaşiş, amaliy tahlilning zamonaviy usullarini işlab çiqişga alohida e’tibor qaratiş rejalaştirilgan.