Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 oktyabr holatiga köra, Özbekistonda 372 695 ta mas’uliyati çeklangan jamiyat (MÇJ) faoliyat yuritgan. Ular jami tijorat taşkilotlarining 80,3 foizini taşkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Körsatilgan sanada mamlakatda jami 463,9 mingta tijorat taşkiloti mavjud bölgan.
Soni böyiça ikkinçi örinni xususiy korxonalar egallagan — 48 433 ta taşkilot yoki umumiy miqdorning 10,4 foizi. Oilaviy korxonalar soni esa 38 314 tani (8,3 foiz) taşkil etgan.
Şuningdek, mamlakatda 653 ta aksiyadorlik jamiyati (0,1 foiz) va boşqa taşkiliy-huquqiy şakllardagi 3 802 ta taşkilot (0,8 foiz) faoliyat yuritgan.