7
Özbekiston

Toşkentda sun’iy kölli dam oliş maskani qurilmoqda

Toşkentda sun’iy kölli dam oliş maskani qurilmoqda
Toşkentda sun’iy kölli dam oliş maskani qurilmoqda / Foto: Videodan lavha.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrining Çilonzor tumanida maydoni 1,87 gektar bölgan sun’iy köl, ikkita favvora, piyodalar va velosiped yölaklariga ega dam oliş maskani qurilmoqda. Loyiha “Beşyoğoç” mahallasida amalga oşirilmoqda. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.

Loyiha uçun ajratilgan yer maydonining umumiy hajmi 23 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Şundan 18,7 ming kvadrat metr qismi suv havzasi uçun ajratilgan. Kölning suv siğimi taxminan 37,4 ming kub metr böladi.

Kölga tutaş hududni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, jumladan, 150 tup daraxt va butalar ekiş rejalaştirilgan.

Köl atrofida umumiy uzunligi 4,6 ming metr bölgan piyodalar va velosiped yölaklari barpo etiladi.

Loyihaning asosiy elementlaridan biri balandligi 30 metr bölgan, aylanuvçi elementi mavjud arkasimon inşoot böladi. Uning me’moriy konsepsiyasini işlab çiqiş uçun italiyalik mutaxassislarning dastlabki takliflari örganilib, takomillaştirildi.

Lider Prof Proekt loyiha taşkiloti taklif etilgan yeçimlarni hududning öziga xos xususiyatlari va loyiha talablarini hisobga olgan holda moslaştirdi. Şuningdek, murakkab konstruktiv va mexanik yeçimlarni işlab çiqiş uçun xitoylik va boşqa xorijiy hamkorlarni jalb etiş imkoniyati körib çiqilmoqda.

Dastlabki loyihalaş bosqiçida arka içiga ikkita lift joylaştiriş imkoniyati ham işlab çiqilmoqda.

Poytaxt hokimligi bahosiga köra, dam oliş maskaniga kuniga 3 ming nafargaça kişi taşrif buyurişi mumkin. Loyihaning qiymati va qurilişni yakunlaş muddatlari hozirça ma’lum qilinmagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.