Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Şvetsiya 2026 yil 1 noyabrdan kuçga kirgan ikki tomonlama migratsiya kelişuvini amalga oşiriş böyiça amaliy qadamlarni muhokama qildi.
Tomonlar Özbekiston fuqarolarining Şvetsiyada qonuniy mehnat faoliyati bilan şuğullaniş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalarini körib çiqmoqda. Bu haqda Özbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.
Şvetsiya Taşqi işlar vazirligi vakillari bilan muzokaralarda Özbekiston delegatsiyasi iştirok etdi. Uning tarkibidan Vazirlar Mahkamasi, Migratsiya agentligi, Kasbiy ta’lim agentligi va mamlakatning Şvetsiyadagi elçixonasi vakillari örin oldi.
Hamkorlikning asosiy yönalişlaridan biri şved iş beruvçilarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda malakali mutaxassislar tayyorlaş böladi. Tomonlar, şuningdek, kasbiy ta’lim texnikumlarining öquv dasturlarini xorijiy kompaniyalar talablariga moslaştiriş imkoniyatini muhokama qildi.
Bundan taşqari, uçraşuv iştirokçilari iş vizalari va yaşaş uçun ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş tartiblarini soddalaştiriş, Şvetsiya kompaniyalari bilan töğridan-töğri aloqalarni kengaytiriş hamda işga joylaştirişning pilot mexanizmini işlab çiqiş variantlarini körib çiqdi.
Şvetsiya tomoni mutaxassislarni iş beruvçilarning aniq talablaridan kelib çiqib tayyorlaş taklifini ijobiy baholadi. Uçraşuv yakunida tomonlar kadrlarni tanlaş va tayyorlaş, şuningdek, ularni qonuniy işga joylaştiriş mexanizmlarini yaratiş böyiça hamkorlikni davom ettirişdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Taşrif doirasida Migratsiya agentligi direktori Muhsinxöja Abdurahmonov Şvetsiya migratsiya vaziri Yoxan Forssell bilan ham uçraşdi.
Ular ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almaşdi. Forssell hamkorlikni izçil rivojlantiriş va uning amaliy yönalişlariga e’tibor qaratiş muhimligini ta’kidladi.