Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand va Guliston şaharlarida Saudiya Arabistoniga umra ziyoratini noqonuniy taşkil etiş bilan boğliq ikkita holat aniqlandi. Har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 12 oktyabrdagi 668-son qaroriga muvofiq, umra safarlarini faqat maxsus litsenziyaga ega taşkilotlar taşkil etişi mumkin. Belgilangan tartib ziyoratçilarning huquqlarini himoya qiliş, ularning xavfsizligini ta’minlaş va sifatli xizmat körsatişni nazarda tutadi.
Birinçi holat Samarqandda «Xavfsiz va soğlom mamlakat» tezkor-profilaktik tadbirlari davomida aniqlandi.
Içki turizmga ixtisoslaşgan turistik firma xodimi tegişli litsenziya va ruxsat beruvçi hujjatlarsiz uç nafar fuqaroni umra ziyoratiga yuborişni taklif qilgan. Safarni taşkil etiş uçun u har bir kişidan 1,2 ming dollardan, jami 3,6 ming dollar talab qilgan.
Erkak Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boşqarmasi va viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida pulni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Ikkinçi holat Guliston şahrida qayd etildi. 1974 yilda tuğilgan erkak Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi turistik firma orqali uç nafar fuqaroni diniy marosimlarni ado etiş uçun Saudiya Arabistoniga yuborişni taşkil etiş evaziga 3,3 ming dollar va 1,2 mln söm olgan.
U Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorligida qölga olingan.
Har ikki holatda ham qonunçilikda belgilangan litsenziyasiz ziyorat safarini taşkil etişga uriniş haqida söz bormoqda. Tergov harakatlari davom etmoqda.